Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/06/2024
Chop etish
1-iyuldan 1-avgustga qadar “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha” «Dolzarb 30 kun” oyligi etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi , O‘zbekiston Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligining  2024 – yil 25 – iyundagi  1/4/26-2040-sonli xatini ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha  hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq joriy yil Jizzax davlat pedagogika universitetida  1 iyuldan 1 avgustga qadar   “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha” Dolzarb 30 kun”” tadbiri o‘tkaziladi.        2024 yil 2 iyul  kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti professor- o‘qituvchilari  va xodimlari va Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash” “Yong‘inlar” “Gaz va havo  aralashmasining chaqnashi “ kabi noxush holatlarni oldini olish , sodir bo‘lganda bajarilishi lozim bo‘lgan  zaruriy chora –tadbirlar xususida davra suhbati o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti , Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i  U.Yo‘ldoshov  1 iyuldan 1 avgustga qadar   “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha” Dolzarb 30 kun””  oyligi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning  barchasi Favqulodda holatlarning  oldini olishga , universitet  professor – o‘qituvchi va xodimlarining tinch –osoyishta mehnat qilishlarini ta’minlashga , ularning Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini  yana-da boyitishga xizmat qilish bilan ahamiyatlidir , “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash” oyligi munosabati bilan  o‘tkazilgan profilaktik tadbir aynan Yong‘in kelib chiqishining oldini olish , Favqulodda holatlarni bartaraf etishga , binolarni Yong‘in xavfidan ta’minlashni tashkil etish ,  jamoa a’zolariga Yong‘inga qarshi kurash choralari tushuntirib otildi.


Ulashish:
990
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.