Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
11/08/2026
Chop etish
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.

Imtihonlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i asosida shaffoflik, xolislik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.

Imtihon o‘tkazilayotgan hudud videokuzatuv vositalari bilan ta’minlangan. Shuningdek, suhbat komissiyalari tarkibiga tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar jalb etilib, jarayonlarni belgilangan tartibda o‘tkazish uchun barcha zarur tashkiliy choralar ko‘rilgan.

 

 

 

 

 

Suhbat asosidagi imtihonlarda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar ishtirok etmoqda:

 Maktabgacha ta’lim
Davolash ishi
Jismoniy madaniyat
Sport faoliyati: futbol
Kutubxona-axborot faoliyati
Kompyuter injiniringi

Imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish mumkin:

Onlayn kuzatuv sahifasi — jdpu.uz

Jizzax davlat pedagogika universiteti barcha abituriyentlarga kelgusi ta’lim yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!


Ulashish:
787
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...