Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/11/2022
Chop etish
Universitet professor-o‘qituvchilari Samaraqand shahriga sayohatga borishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 340-sonli qarori bilan har yili noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” etib belgilanganligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17-noyabrdagi 5/18-4/1-6691-sonli xatiga asosan ushbu oylik doirasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar, shuningdek O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida Respublikamizning tarixiy shaharlari hamda ziyoratgohlariga sayohatlar tashkil etish to‘g‘risidagi qarorlari ijrosini ta’minlash hamda tarixiy va ko‘hna Samarqand shahrida xalqaro miqyosdagi o‘tkazilgan tadbirlar asnosida qilingan ulkan bunyodkorlik ishlari bilan universitetimiz professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarini tanishtirish maqsadida universitet kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2022 yilning 19 noyabr kuni Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida professor-o‘qituvchilar Hazrat Doniyor qadamjosi, Shoxi Zinda majmuasi, Birinchi Prezidentimiz I.Karimov maqbarasi, Registon majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi va yaqin kunlarda Xalqaro miqyosda o‘tkazilgan Sammitlar markazi, turizm zonasi hamda boshqa yangi inshootlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 


Ulashish:
1 373
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...