Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

“Umbrella” yoxud kim qanday foydalanadi?

“Umbrella” yoxud kim qanday foydalanadi?

Umbrella (zontik, soyabon)- mazkur terminning mavzu qilib olinishi bejizga emas. Dunyo xalqlarini sarosimaga solgan koronavirus balosi inson sog‘ligi, iqtisodiy tizimni izdan chiqaribgina qolmasdan, insoniyat uchun muhim sinov vazifasini o‘tamoqda.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Kimdir mazkur karantin holatdan boyish uchun imkoniyat deb qaraydigan bo‘lsa, yana kimdir yaxshi amallar qilish orqali oxiratini mustahkamlamoqda. Guyoki, bu soyabonning ostida nima bo‘layotganidan hech kimning xabari yo‘q deb uylayotganlar adashadi. Do‘st – tashvishda sinaladi. Ana shunday qiyin paytda narxlarni sun’iy oshirmasdan, daromadlarini halol yo‘l bilan ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir. Har kim o‘z qilmishiga davlat qolaversa yaratganning oldida o‘zi javob beradi. Umbrella (zontik, soyabon) haqida gap ketganda kimdir olis dam olish maskanida (dengiz bo‘yida) xordiq chiqarishni, yana kimdir sharros yomg‘irdan himoyalanish vositasi deb talqin qilishadi. Aslida ham shundaymi? Mantiqan olganda hammasi to‘g‘ri biroq, karantin holatini “umbrella” ga qiyos etish mumkin. Chunki, farzandi bor har bir ota-ona o‘z jigarbandlarini mazkur holatda koronoavirus pandemiyasidan himoyalash, unga yovuz virus soya solishini hoxlashmaydi. Har yili Navro‘z ayomlarida silai rahim qilardik, bemorlarning holidan xabar olishni targ‘ib qilar edik. Karantin vaqtida yaqin insonlarga silai rahim qilish — ularning oldiga bormaslik muhimdir. 2020 yil 16 mart sanasidan maktab va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari karantin tufayli ta’tilga chiqishdi. Karantin vaqtida foydalanish samaradorligi xususida yaqindan ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan bir maqola e’tiborimni tortmasdan qolmadi. Boisi, inson hoxlasa ilmi olish uchun to‘siq bo‘lmasligiga yana bir bor amin bo‘ldim. “1665-1666 yillarda Londondagi Buyuk o‘lat davrida Londonning chorak qismi (25%) o‘latdan qirilib ketgan. O‘lat tarqagan yili mashhur olim Isaak Nyuton Kembrijning Trinitiy kollejida 22 yoshli oddiy talaba edi. O‘sha paytda ham hukumat epidemiya tarqalishining oldini olish uchun odamlarni ommaviy yig‘ilishini cheklagan. Kembrij universiteti ham talabalarni uyiga jo‘natgan va talabalar uyida mustaqil o‘qishni davom ettirgan. Nyuton oilasining Vulstorp mulkida joylashgan uyiga qaytadi va 1 yildan ortiqroq davr mobaynida o‘qituvchilarning yordamisiz ushbu uyda mustaqil tahsil olishni davom ettiradi. Nyuton uyida o‘qigan aynan shu yil keyinchalik uning “mo‘jizalar yili (annus mirabikis)” degan nom olgan. Chunki Nyuton aynan shu davrda, uyida mustaqil o‘rganish davomida eng mashhur nazariyalarini yaratgan ekan. Buyuk o‘lat davri tugagach, 1667 yili Nyuton uyda o‘rganganlari asosida ishlab chiqilgan nazariyalari va shu nazariyalar haqida yozilgan ilmiy ishlari bilan universitetga qaytadi. 6 oy ichida Nyuton universitetning a’zosiga (fellow) aylanadi, 2 yildan keyin esa professor darajasiga erishadi. Inson hayoti uchun o‘rnak bo‘lishga arzigulik hikmat. Bugun innovatsion dunyoda yashayapmiz, biz uchun ilm olish va uni tarqatishdan oson narsa bo‘lmasa kerak, boisi onlayn video darslar, elektron kitoblar va hokazo imkoniyatlar cheksiz. Jahonning eng mashhur odamlari o‘z vaqtlarini katta qismini kitoblar o‘qishga sarflaydilar. Kitob o‘qish bu ilm, bu bilim, bu kelajakdir. Muvaffaqiyatli insonlar har doim o‘zini o‘zi tarbiyashga yordam beruvchi va pullarini boshqarishni o‘rgatadigan kitoblarni sevib o‘qishgan. Statistikaga qaraganda, dunyoning 85 foiz boylari har oyda 2 va undan ko‘p kitobni mutoala qilar ekan. Tadqiqotlar xulosa qilsak, har birimiz hayotda o‘z o‘rnimizni topish va muvaffaqiyatga erishish uchun kitob o‘qishni odatga aylantirmog‘imiz kerak. “Microsoft hammuassislaridan biri Bill Geyts yiliga 50 kitob mutolaa qiladi. Milliarder Mark Kuban kuniga uch soatdan kitob o‘qiydi. Facebook asoschisi Mark sukerberg har yili 24 kitob o‘qish qarori haqida ma’lum qilgan, sarmoyachi Uorren Baffet esa 80 foiz vaqtini kitob o‘qishga sarflaydi”(internet nashridan). Eurostat ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropaning aholisi eng mutolaa qiluvchi davlatlari reytingiga Estoniya yetakchilik qilmoqda. Bu davlat aholisi kitob o‘qishga kuniga o‘rtacha 13 daqiqa ajratar ekan. Undan keyingi o‘rinlarni polyaklar va finlar egallamoqda – 12 daqiqa, vengerlar 10 daqiqada, greklar esa 9 daqiqadan vaqt sarflar ekanlar. Yaqinda bir ayanchli manzara guvohi bo‘ldim, katta bir siyosiy tashkilotda xodimga “oxirgi marotaba qachon kitob mutolaa qildingiz? degan savol berildi. Xodim ham top tortmasdan 2018 yil deb javob berdi. Xulosa o‘zingiz chiqarib oling! Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, kitob yozish va uni chop etish ham oson ish emas. Siz sevib mutolaa qilayotgan asar mualliflari o‘z farzandidek ulug‘layotgan asarlarni chop ettirguncha juda mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tishgan. Joan Rouling mana shunday adibalardan biridir. U Garri Potter haqidagi ilk asarini juda qiyin ahvolda, depressiyada yozgan. Uning oilaviy muammolar girdobidan chiqib ketishi oson kechmagan. Joan Rouling yosh sehrgar haqidagi asarini ko‘tarib, 12 ta nashriyotga borgan, ammo ular asarni chop etishni istamagan. Faqatgina Bloomsbure nashriyotigina asarni olib qolishga rozi bo‘lgan. Biroq keyinchalik uning asaralarini chop etish uchun nashriyotlar o‘rtasida tom ma’noda kurash boshlangan. Hatto chop etish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun auksion o‘tkazilgan. Davlatimiz olib borayotgan odilona siyosat sizning va yaqinlaringizni asrash uchun qilinmoqda. Siz eng avvalo davlatimiz himoyasida ekanligingizni unutmang. Karantin vaqtidan unumli foydalanish, farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanish asosiy vazifangizga aylanmog‘i kerak. Shu o‘rinda italiyalik doktorning fikrini keltirish joiz deb uylayman “Qari bemorlar ko‘zlarida yosh bilan vafot etmoqdalar. Chunki ular ketar chog‘i o‘z yaqinlari bilan vidolasha olmaydilar. Ular yolg‘iz jon berishni istashmaydi, ammo uyidagilar uchun so‘ngi xayrlashuv so‘zlarini kameraga qarab aytishdan boshqa ilojlari yo‘q. Ular ulug‘ yoshga kirganlarida nobud bo‘lmoqdalar. Ko‘p hollarda, er va ayoli bir kunda jon bermoqda. Ular nabiralarini xatto oxirgi marotaba ham ko‘ra olishmaydi”. Garchi achinarli holat bo‘lsada, ushbu holatdan to‘g‘ri xulosa chiqarmog‘imiz kerak.

Yoshlar bilan ishlash prorektori S.Nazarqosimov