Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/11/2024
Chop etish
Toshkentdagi yetakchi korxona va tashkilotlarda stajirovka o‘tash orqali o‘z imkoniyatlaringizni oshirishni xohlaysizmi?

“Young Professional Internships Program” dasturi o‘zbekistonlik talabalarga Toshkentdagi mahalliy va xalqaro kompaniyalarda yozgi amaliyot o‘tash orqali o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini beradi! Ishtirokchilar kasbiy rivojlanish, tengdoshlari va sanoat rahbarlari bilan aloqa o‘rnatish bilan shug‘ullanadilar va biznes va STEM sohalarida taniqli mutaxassislardan maslahat oladilar. Amaliyot to‘liq AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladi va O‘zbekistonning barcha hududlaridan talabalarni qabul qiladi.

Shu munosabat bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida mazkur dastur bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining filiali xodimi Azizaxon Nuriddinova ishtirokida trening tashkil etildi. Unda mazkur dasturdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, dasturda ishtirok etish hamda ariza yuborish tartibi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

 

Ma’lumot o‘rnida, 2025-yilgi YPIP dasturida qatnashish uchun anketalar joriy yilning 4-oktyabrdan 8-dekabrgacha ochiq bo‘ladi. http://ais.americancouncils.org/ypip


Ulashish:
1 056
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.