Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talabalari uchun darsdan bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida, Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan “Temur Lang” darvozasi hududiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi.
Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan psixologik art-terapiya mashg‘ulotlari ishtirokchilarning ichki his-tuyg‘ularini erkin ifodalash, stressni kamaytirish va ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.




