Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/09/2026
Chop etish
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi professori Umurzoq Jumanazarovning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlandi. Anjuman ishini universitet rektori, professor Maksudjan Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda yubilyarning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyatini e’tirof etdi.

Nufuzli xalqaro anjumanning yalpi majlisida Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Tojikiston va Qozog‘iston kabi xorijiy davlatlardan hamda respublikamizning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlaridan taniqli olimlar, professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Muloqotlar davomida filologiya fanini o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar, ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.


Ulashish:
17
Boshqa rubrikalarda mashhur

Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbir Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi professori Umurzoq Jumanazarovning 70...
Jizzaxda Xitoy tili va madaniyati markazi ochildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Xitoy Xalq Respublikasi bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Xitoy tili va madaniyati markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Yangi imkoniyatlar va yangi maqsadlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurоdov va Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori ishtirokida talaba-yoshlar bilan “Yangi imkoniyatlar va yangi maqsadlar” mavzusida...