Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/07/2022
Chop etish
Ta’lim kreditining yangi tartibi haqida ma’lumotlar. Endi sirtqi va kechki shaklga ham, shuningdek texnikumlarga ham ta’lim krediti olsa bo‘ladi.

2022 yil 18 iyuldagi Prezident qaroriga (https://lex.uz/docs/6116203) ko‘ra, talabalarga ta’lim krediti berish bo‘yicha bir qator yaxshi o‘zgarishlar joriy etildi. Jumladan, xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti beriladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari o‘tgan yildan berish boshlangan odatiy ta’lim krediti bo‘yicha ham 3 ta asosiy o‘zgarish bor:

endi sirtqi va kechki ta’lim uchun ham beriladi (ilgari faqat kunduzgi ta’limga edi); endi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.) uchun ham olish mumkin (ilgari faqat oliy ta’limga edi. Endi qarindosh bo‘lmagan uchinchi shaxslarni ham birgalikda qarz oluvchi (kafil) qilish mumkin (ilgari faqat oila a’zolari yoki vasiysiga ruxsat berilgandi).

 TA’LIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOT

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (https://lex.uz/docs/5586538) (№527, 18.08.2021 y.)

Kredit miqdori: talaba va ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida

Muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga

Foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 15% — 2022 yil 21 iyul holatiga).

Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (ya’ni ko‘tarilmaydi).

 Kimlarga beriladi:

kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakliga

bakalavr yoki magistrga

to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan

yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun ta’lim krediti berilmaydi.

Qaysi OTMlar uchun: ta’lim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy

Oliy

o‘rta maxsus;

professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari

yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.

Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun ta’lim krediti berilmaydi.

Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.

Fuqarolik: ta’lim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.

Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

 

  1. a) ariza;
  2. b) talaba va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
  3. v) kredit qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
  4. g) “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (agar bo‘lsa);
  5. d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar.

Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.

Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi ta’lim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.

 

 


Ulashish:
5 723
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor aloqa kanallari.
Jizzax davlat pedagogika universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyat olib bormoqda.
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy imtihonlar o‘tkazildi.
12-avgust kuni 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.
Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosida oliy ta’limga qabul imtihonlari o‘tkazildi.
12–14-avgust kunlari 2025/2026 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar tashkil etildi.