Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

TALABALARDA IJODIY MUNOSABATLAR TAFAKKURINI  SHAKLLANTIRIShDA BUYUK SIYMOLAR FAOLIYATIDAN FOYDALANISH.

Sodiqova Dilfuza Ropijonovna – Jizzax davlat pedagogika universiteti katta o’qituvchisi Annotasiya: Ushbu maqolada talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini shallantirishning ijtimoiy asoslari  yoritilgan. Kalit so’zlar:Tafakkur, munosabat, faoliyat, ijod, talaba, siymo, jarayon, shakllantirish, fikr, muammo. Annotasiya: V dannoy statye udelyayetsya vnimaniye ispolzovaniyu sosialnыx  osnov  v formirovanii  tvorcheskix  otnosheniy mыshleniya u studentov. Klyuchevыye slova:Mыshleniya, otnasheniya, deyatelnost, tvorchstvo, student, velikiye deyateli, prosess, sformirovat, mineniya, problema. Annotation:This article outlines the social foundations of students’ creative thinking. Key words:Thincing, attitude, activity, creativity, student, image, process, formation, opinion, problem. Har bir davr doimiy ravishda o’z oldiga aniq maqsadlarni qo’yib, kishilik jamiyatining rivojiga qaratilgan ishlarni olib boradi. Shuningdek bugungi kunda  yurtimizning rivojlanishi hamda xalqimizning to’q va faravon yashashi uchun Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev  bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Shulardan biri, har bir rahbar xodim xalq bilan munosabatga kirishishda unga hurmat nuqtayi nazaridan yondoshish davr talabi ekanligini uqtirib, uni davlat siyosati darajasiga ko’tardi. Shu bilan bir qatorda milliy – ma’naviy qadriyatlarni yoshlar ongiga sindirish orqali hurmat va extirom tuyg’usini yuksaltirishga katta e’tibor qaratmoqda. Jumladan davlatimiz rahbari “Tarixga  qarasak  ham,  bugungi  kunga  qarasak  ham Andijon zaminidan ko’p sohalar bo’yicha qanday buyuk, fidoyi  insonlar  yetishib  chiqganiga  amin  bo’lamiz. Chunki millat, el-yurt taqdiri uchun kuyinish, milliy g’urur, or-nomus uchun bel bog’lab maydonga chiqish – Andijon axliga xos azaliy odat.  Mana, ulug’ ajdodimiz Zaxiriddin Muhammad Boburni olaylik. Bu buyuk zot o’n ikki yoshidan boshlab Temuriylar davlatini saqlab qolish  uchun  o’zini  o’tga ham,  cho’qqa  ham  urdi,  hech qanday dushmandan ham, sinovdan ham qo’rqmadi. Qirq olti  yillik umri davomida bir zum ham xalovat bilmasdan  o’tdi.  O’z  avlodlariga  Vatanga  bo’lgan  buyuk muxabbatni, ezgu fazilatlarni meros qilib qoldirdi. Yoki  yana  bir  buyuk  yurtdoshimiz  Abdulhamid Cho’lponni  olaylik.  XX  asr  boshlaridagi  millatimiz taqdirini,  uning  boshiga  tushgan  fojialarni,  ozodlik va erkinlik qadrini hech kim bu mumtoz shoirimiz kabi yuksak pardalarda kuylagan emas. El-yurt taqdiri uchun  kuyinib,  tinim  bilmay  yashaydigan  ana  shunday ajoyib  insonlarning  davomchilari  bugun  ham  Andijon zaminida ko’plab topiladi”[1]-deb  mutafakkirlar faoliyatiga  munosabat bildirdi. Agar biz bu bildirilgan fikrlarni qund bilan yosh avlodning ongiga sindiradigan bo’lsak, ularda buyuk siymolarga nisbatan ijodiy – ijobiy munosabatlar tafakkuri shakllanadi. Buni amalga oshirish uchun quyidagi ishlarni bajarish  maqsadga muoffiqdir. Talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini shakllantirish  uchun  buyuk siymolarga ehtirom tuyg’usini uyg’otish jarayonlarida ehtirom bilan bog’liq bo’lgan tushunchalarni izlab topish va manbalarni to’liq ko’rsatish hamda har bir tushuncha ustida ijodiy ishlarni amalga oshirish vazifasi beriladi. Talabalar shuni anglashlari kerakki, ijod murakkab ruhiy jarayon bo’lib, unda shaxs ruhiyatining barcha qatlamlari ishtirok etadi. “Ijod — mehnatning yuksak shakli bo’lib, insonlar ehtiyojini qondiradigan va ijtimoiy foyda keltiradigan mehnatdir”[2].  Demak, ijod orqali insonlar o’zlarining ehtiyojlarini  qondiradi.  Bundan ko’rinib turibdiki, talaba o’zini qiziqtirgan ma’lumotlarni izlab topishga harakat qiladi. Bunday harakat ularni zavqlantiradi. Bu jarayonlarda talabalar – o’z fikrini bir joyga to’plash, – fikrni oydinlashtirish, –  mantiqiy tafakkurga tayanish, – fikrini vositalar yordamida bayon qilish, – fikrni mantiqan yakunlash  kabi  tafakkur jarayonlarini sifat bosqichiga olib chiqadi. Bunday tafakkur sifatlariga erisha olgan  talabalar  ijod namunalarini boshqalar bilan baham ko’radi. Bunda talabalar buyuk siymolarning hayotini, ular yashab o’tgan davrni, faoliyatini o’z ijodlari orqali namoyon qilishida  fikr, mantiq, tafakkur mashqlar yordamida pishitiladi va  shakllantiriladi. Masalan, talabalar  fikrlash jarayonida o’zi ko’rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning to’g’riligini, aniqligini  hamda borliqqa munosabatini  anglash natijasida ijodiy tafakkur munosabatlari  shakllanadi.  Talabalar tafakkur  bosqichlari jarayonlarida  o’zini qurshab turgan  olam sirlarini o’rganib boradi. Uning yordamida  talabalar bu olamdagi voqea va hodisalarning  va ular borasidagi  mulohazalarning  qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligini bilib oladi. Talabalar bu olamdagi voqea va hodisalarni kuzatib, bu borada  mulohaza yuritib, mazkur borliq   va hodisalar o’rtasidagi munosabatlarni tahlil qilishga o’rganib boradi. Talabalar o’z tafakkur jarayonlari orqali  qalbi va ruhiyati bilan  uzviy bog’liqlikda  ijodiy munosabatga kirishadi. Bunda munosabatlarning sifati talabalarning ma’naviyati, ichki dunyosi,  fikrlash saviyasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham ular tomonidan amalga oshirilayotgan munosabatlar, tafakkurning ijod qila olish imkoniyatiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham biz o’z ilmiy izlanishlarimizda talabalardagi mavjud  tafakkurni sifat darajasiga olib chiqish masalasini ko’targanmiz. Buning uchun biz birinchi inavbatda butun olamni o’zining ilmiy salohiyati va ma’naviyati bilan lol qoldirib kelayotgan buyuk mutafakirlarimizning «Al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali  ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, imom Buxoriy, imom  Termiziy, Najmiddin  Kubro, Xoja Bahouddin Naqshband Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Zahiriddin  Muhammad Bobur, Munavvarqori Abdurashidxon o’g’li, Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Cho’lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy,  Primqul Qodirov, Shuxrat, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuflar tafakkuri qanday bo’lganligini talabalarga chuqur o’rgatishni maqsadga muoffiq deb bildik. Buyuk siymolarning  fikrlarini ular yaratgan asarlari orqali o’qib borganimizda shu narsaga amin bo’lamizki, fikrlar judayam  tiniq, ravshan,  mantiqan kuchli,  qaramlikdan xoli bo’lib erkin, mustaqil hamda insonni lol qoldiradigan darajada  badiiyligi, ijodiyligi bilan ajralib turadi. Bular o’z navbatida ulardagi mavjud tafakkur imkoniyatining sifatini belgilaydigan mezonlar desak bizning fikrimizcha hato qilmagan bo’lamiz. Buyuk bobokalonlarimiz  tafakkurning aynan shu  sifatlari orqali borliqdagi voqyea va hodisalarning sirlariga yechim topganligi sababli ularga ijodiy yondoshgan va natijalarga erishgan. Masalan,«Muhammad Al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yo’lga qo’yishda ilm-fanning muhim ahamiyatiga ega ekanligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o’rin egallaydi. Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyotchi olim sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o’z davrigacha bo’lgan qadimiy matematika fani rivojlangan mamlakatlar Vavilion (Bobil), Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o’rgandi va o’zi hayotiy talablar nuqtai nazarida ulardan farq etuvchi yangi kashfiyot yaratdi. Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o’zining ulkan hissasini qo’shdi. “Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr va-al muqobala” asarida (“aljabr va-al muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni yechish yo’llarini bayon etadi. Muhammad al-Xorazmiy matematika fanida abstraksiya tushunchasini kengaytiradi. Induksiya yo’li bilan umumiy yechish usullarini hal etadi, deduksiya yo’li bilan umumiy usullar yordamida xususiy masalalarni yechadi. U matematikaning nazariy rivojlanishi bilan birga, undan turmushda foydalanish yo’llarini ham berdi. Meros taqsim qilish, vasiyatnomalarni tuzish hamda mol taqsim etish uchun zarur bo’lgan hisoblarni taklif etdi. Muhammad al-Xorazmiyning matematikaga oid ikkinchi kitobi “Hind arifmetikasi haqida kitob” (“Hisob al-hind”)dir. Asar o’nlik tizim raqamlari (1,2.3,4,5,6.7,8,9)ga bag’ishlangan. O’nlik tizimining kashf etilishi fan olamida sanoq tizimida inqilobiy o’zgarish deb ta’riflanadi. Muhammad al-Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo’lgan qo’shish, ayirish, bo’lish hamda ko’paytirish qoidalarini yaratgan. Shuningdek, turli “jins”dagi sonlarni ko’paytirish algoritmini ham bergan. Masalan, minut va sekundlarni bir-biriga ko’paytirish uchun, avvalo bir xil shaklga keltirish, ya’ni, sekund yoki minutga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatgan. Maxsus bobda kasr va ildizdan chiqarish amallarining mohiyatini bayon etgan. 827 yilda Xorazmiy rahbarligida yer kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida yer meridianining bir gradusi o’lchab chiqildi. Bag’dodda yozilgan trigonometriyaga oid dastlabki asar ham Xorazmiyga tegishli bo’lib, unda sinus, tangeneslarning o’zgarish qonuniyati ko’rsatiladi. Uning trigonometrik jadvali o’sha davr jadvalaridan farq qilgan. Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviy obyektlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarning algoritm metodida yechishni ishlab chiqdi). U matematik g’oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo’lishini asosladi. Allomaning dunyo ilm fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo’lib,  Sharq olimlari orasida faqat uning nomi  va asarlari «algoritm» va «algebra»  kabi zamonaviy ilmiy atamalarda  abadiylashtirildi»1. Bizlar shu kabi  ma’lumotlarni  talabalarga singdirishda quyidagi tizimni ishga solish orqali erishishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Birinchidan, buyuk siymolar to’g’risida ma’lumotlarni to’plash. Ikkinchidan, to’plangan ma’lumotlar uchun  elektron bazasini yaratish. Uchinchidan, to’plangan ma’lumotlar bilan ishlash sifatini oshirishga qaratilgan axborotli  muloqat dasturini ishlab chiqish. To’rtinchidan, dasturni amaliyotga joriy etish. Ko’zlangan dastur orqali kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat bo’ladi. Bular:
  • Talabalar buyuk siymolar to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi;
  • Ularni o’ziga xos tarzda tasvirlay olish malakasi shakllanadi;
  • Mutafakkirlar tomonidan yaratilgan kashfiyotlar va ixtirolar bilan yaqindan tanishadi;
  • O’zlari ega bo’lgan ma’lumotlarni axborot shakliga keltira oladi;
  • Yoshlarda ularga nisbatan extirom tuyg’usini shakllantirish imkoniyatini o’zlarida yaratadi.
Talabalarga buyuk siymolar va zamonamizda yashab ijod qilgan yozuvchi va shoirlarning ibratli hayotini namuna sifatida ko’rsatib berish orqali biz ularda mustaqil fikrlash malakasini shakllantiramiz.  “Mustaqil fikrlash  inson oldida turgan muammolari, maqsad va vazifalari belgilangan holda o’z bilimi, dunyoqarashi va hayotiy tajribalariga tayanib, turli yo’l va usul, vositalari yordamida o’zining intellektual imkoniyatlari darajasida mustaqil ravishda hal qilishdan iborat bo’lgan aqliy faoliyatdir. Kishi tafakkuri mustaqilligi belgilaridan biri  — tashabbuskorlik bo’lib, u  insonning o’z oldiga aniq maqsad, yaqqol vazifalar qo’yish, ularni amalga oshirish yo’lidagi muammolar yechimini topish, nihoyasiga yetkazish uchun zarur bo’lgan usul  va vositalarni o’zi belgilashida namoyon bo’ladi. Bu faoliyatning aniqligi, vazifalarni bajarish jarayonida yangi usul va vositalarni tez topish, saralash hamda qo’llash natijaning salmog’ida ko’rinadi. Tafakkur mustaqilligining tanqidiyligi esa mustaqil fikrlovchini voqyea-hodisalarga munosabati, uning xusuyatlari, muhim-nomuhim jihatlarini ajrata bilishida seziladi”.[3] Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda biz, talabalarda ijodiy munosabatlar tafakkurini singdirishda Amir Temur o’gitlaridan ham samarali foydalanishni maqsad qilib qo’yganmiz. Masalan: «Agar kasbu-hunar va ma’rifat axllaridan bo’lsa, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush berilsin, bulardan boshqa bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa o’z axvoli va kasbu – koriga qarab ish tutsinlar. Dexqonlar va raiyatdan qaysi birining dexqonchilik qilishiga qurbi yetmay qolgan bo’lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug’ va asbob tayyorlab berilsin. Agar fuqarodan birining uy-imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, unga yordam berilsin»[4]. Qarangki, ulug’ sarkardaning kishilik jamiyatiga bo’lgan munosabati tafakkur bosqichlariga tayangan holatda qurilgan. U o’z navbatida har bir ishga ijodkorona yondoshganligini uning fikrlaridan uqib olishimiz kerakligi talabalarga tushuntiriladi.  Bunday ishlarni amalga oshirishda biz bobolardan bizlargacha yetib kelgan asarlardan foydalanishni ham rejaga kiritganmiz. Ularning pedagogik –psixologik ta’sir kuchi yoshlarni ilm borasida yangi kashfiyotlarni, ixtirolarni qilishga va eng asosiysi jamiyatning faol a’zosi sifatida faoliyat yuritishga undaydi. Masalan, Abdulla Avloniy mehnatni ulug’lab, mehnat kishining eng go’zal fazilati ekanligini uqtiradi. Shuning uchun ham muallif  «Aqlli bog’bon» hikoyasida  «Bir bog’bonning uch o’g’li bor edi. Uchalasi ham dangasa va ishyoqmas edilar. Bog’bon bir kun kasal bo’ldi. O’g’illarini ishga solmak uchun yoniga chaqirib: «O’g’lonlarim, mening ajalim yetganga o’xshaydur. Men sizlarga vasiyat qilib ketayin. Bog’ning ichiga bir kosa oltin ko’mib qo’yganman. Mendan  so’ngra o’zingiz kovlab, topib, bo’lishib olarsizlar» – dedi. Oradan bir necha kun o’tmay, bog’bon dunyodan o’tdi. O’g’illari oltin axtarib, bog’ni chunon  qazidilarki, tuproqlari kul bo’lib ketdi, lekin tokning ildizidan boshqa hyech narsa topolmadilar. Ammo shu yili tok chunon uzum qildiki, oqchasi necha ko’zaga to’ladigan oltin bo’ldi. So’ngra bu yalqovlar bildilarki, oltin yerda emas, ishlovda ekan. Hissa: Hamma yomonliklarning  onasi – dangasalik, qo’rqoqlik- otasidir.» [5] Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki ta’lim – tarbiya jarayonida, bo’lajak o’qituvchilarga  ijodiy munosabatlar tafakkurini singdirishda yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, hikoyalarni zamon talablariga moslab, o’z vaqtida va o’z o’rnida qo’llay olish o’rgatiladi. Bu jarayonlarda  zamonaviy pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlari, zamonaviy axborot va telekommunikasion vositalarning ko’pqirraliligi, vaqt nuqtayi nazaridan  tejamkorliligini inobatga olib yuqori darajada foydalanish yo’lga qo’yilsa,  ta’lim – tarbiya jarayonining oldida turgan  vazifalarini   bosqichma – bosqich bajarib, ko’zlangan maqsadga erishiladi.. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T“ O’zbekiston” NMIU 2017 yil –8-9 bet. 2.Abdulla Avloniy . Tanlangan asarlar. T»Ma’naviyat» 2006 yil – 28  bet. 3.Amir Temur tuzuklari (to’plam). -T.: «Navro’z», 1992 yil -64 bet. 4Jizzax haqiqati. 2014 yil 17 – may, №; 42 ( 5455). 2 – bet 5.Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug’ati T;. 2009 yil – 667 bet     [1]Ш.Мирзиёев. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Т“ Ўзбекистон” НМИУ 2017 –8-9 б.   [2]Маънавият қисқача изохли луғат  Т, 232 бет   1Жиззах ҳақиқати. 2014йил 17 – май, шанба №; 42 ( 5455). 2 – бет.   [3]Маънавият асосий тушунчалар луғати Т;. 2009й  . 667 бет   [4].Амир Темур тузуклари (тўплам). -Т.: «Наврўз», 1992й .-64 бет. [5]Абдулла Авлоний . Танланган асарлар. Т»Маънавият» 2006й. 28  бет.