Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/11/2024
Chop etish
Talabalar uchun yana bir qulaylik: JDPUda talabalar uchun yana bir bino foydalanishga topshirildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida  yangi  TTJning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Talabalar 600 o‘rinli yangi TTJga joylashdilar.

Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi oshib borishi bilan bir qatorda, yotoqxonalarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Jizzax davlat  pedagogika universitetida 600 o‘ringa mo‘ljallangan yangi 4-talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Talabalar turar joyining qurilish ishlari  DXSH asosida o‘tkazildi. Obyektini qurilish, loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, jihozlash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun loyihaning umumiy qiymati 37 009 660 000 (o‘ttiz yetti milliard to‘qqiz million olti yuz oltmish million) so‘mni tashkil etdi. Tadbirkor o‘z mablag‘lari hisobidan 19 009 660 000 (o‘n to‘qqiz milliard to‘qqiz million olti yuz oltmish ming ) so‘m sarmoya kiritgan.

 

 

Universitet tasarrufidagi talabalar turar joylari soni bugun 3 taga yetkazildi.    Yangi bino 7 qavatdan iborat Lift mavjud. Talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy loyiha asosida qad rostlagan talabalar turar joyida talabalarning ovqatlanishi uchun zamonaviy oshxona, darsliklar, badiiy va ilmiy, ma’rifiy adabiyotlar bilan boyitilgan ma’naviyat xonasi, zakovatchilar xonasi, talabalarning axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim va malakalarini oshirishlari uchun eng zamonaviy turdagi kompyuterlar bilan jihozlangan xona, kir yuvish va yuvinish xonalari mavjud.

Talabalar turar joyining ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar bugungi yoshlarga berilayotgan yaratilayotgan imkoniyatlar va mana shunday talabalar turar joylarining topshirilishi universitet talabalari uchun haqiqiy bayram bo‘lganini ta’kidlashdi. Albatta, bu kabi imkoniyatlarning yaratilishi talabalarni yanada yaxshi ta’lim olishga, Vatanimiz ravnaqi uchun o‘z hissalarini qo‘shishlariga rag‘bat bo‘ladi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Talabalar turar joyining ochilish marosimi  OAV va jamoatchilik vakillari uchun tashkil etilgan press-turga ulanib ketdi. Press-tur ishtirokchilari yangi qurilgan 600  o‘ringa mo‘ljallangan 4-sonli yotoqxonada yaratilgan barcha sharoitlar bilan tanishib chiqishdi.


Ulashish:
1 066
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.