Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/10/2025
Chop etish
Talabalar kechasi: karaoke taymga ulanib ketdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetining 1-sonli talabalar turar joyida universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar uchun unutilmas ijodiy va madaniy kecha tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarining ijodiy salohiyati, musiqa va sahna mahoratlarini namoyon etdilar. Quvnoq musiqiy chiqishlar, jonli raqslar hamda turli interaktiv o‘yinlar ishtirokchilar kayfiyatini yanada ko‘tardi.

Kechaning eng qiziqarli qismi — karaoke taym bo‘ldi.  Talabalar gitara sadolari ostida o‘z sevimli qo‘shiqlarini ijro etishdi. Shartlarni a’lo darajada bajargan faol ishtirokchilar taqdirlanishdi.

Bu kecha yoshlarga nafaqat yaxshi kayfiyat, balki motivatsiya ham ulashdi. Universitet yoshlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchilar xotirasida uzoq yillar saqlanib qolishi shubhasiz.


Ulashish:
2 226
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.