Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

«Talabalar bahori» festivali yoshlarning birlashib, katta kuch ekanligini yana bir bor namoyon qildi.

Tadbirda Jizzax viloyati hokimligi, huquq-tartibot idoralari va boshqa tashkilot vakillari hamda universitet rahbariyati va jamoasi,  talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Festival doirasida barcha fakultetlar tomonidan respublikamiz viloyatlarining urf-odatlari va milliy qadriyat va an’analarining namoyishi, talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik. zakovat, kabi ko‘rik tanlovlar hamda turli sport o‘yinlari, jumladan, , stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazildi. Talabalar tomonidan tashkil etilgan sahna ko‘rinishlari bayram sayliga tashrif buyurgan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.Tadbirni universitet rektori Shavkat Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, qatnashchilarga omad va zafarlar tiladi.

 

Festivalda turli yangi adabiyotlar va kitoblar va ijodiy ishlar ko‘rgazmasi, modalar namoyishi, milliy folklor kuy-qo‘shiqlarga monand raqslar, mushoira kechasi va davra suhbatlari barchaga birdek manzur bo‘ldi. Jamoalarning “Quvnoqlar va zukkolar” namoyishi oddiy kunlik turmush tarzimizdagi holatlarni hazilnamo ko‘rinishda olib chiqilgani bilan tomoshabinlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Talabalar o‘z mahoratini nafaqat ilm-fanda, balki san’at, sport sohalarida ham namoyon etdi.

 

“Bunday tadbirlar yoshlarning badiiy-ijodiy mahoratini namoyon etishga ko‘maklashishi bilan birga, ularda kelajagi buyuk davlat vorislariga xos istiqbolga ishonch, ilm-ma’rifat cho‘qqilariga intilish, shijoat singari fazilatlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.”-deydi Jizzax viloyati prokurori Baxtiyor Ibrohimov

Festival yakunida yil davomida turli respublika va xalqaro miqyosidagi turli tanlovlarda , sport musobaqalarida muvaffaqiyatlarga va yuqori natijalarga erishgan, ijodkor va iqtidorli faol talabalarga faxriy yorliqlar topshirildi.