Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/09/2025
Chop etish
“Talaba yugur” marafonida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari g‘olib bo‘lishdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari navbatdagi sport musobaqasida yuqori natijalarga erishishdi.

Sh. Rashidov tumani “Qo‘rg‘ontepa” mahallasi “Shodlik” ko‘chasidan start olgan ommaviy yugurish marafonida universitetimiz talabalari munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Jismoniy tarbiya va sport fakultetining iqtidorli talabalari Qizlar o‘rtasida ham, yigitlar o‘rtasida ham universitet Jismoniy tarbiya va sport fakultetining iqtidorli talabalari 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishib, tom ma’noda zafar quchishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur “Talaba yugur” marafonida Jizzax davlat pedagogika universitetidan 700 nafar talaba faol qatnashdi.

Bu g‘alaba — talabalarimizning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishi, sportga qiziqishi va kuch-g‘ayratining amaldagi ifodasidir. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talablarimizga omad yor bo‘lsin.


Ulashish:
1 733
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.
Giyohvandlikka qarshi kurash — umumxalq vazifasi.
JDPU madaniyat saroyida Ogog‘lik ma’sulliyat barqarorlik asosi mavzusida profilaktik tadbiri tashkil etildi.
Rivojlangan davlatlar boshlang‘ich ta’lim tizimi bo‘yicha qo‘shma onlayn dars o‘tkazildi.
JDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti D. Farsaxonova va o‘qituvchi N. Quvonova tomonidan 1-bosqich magistrantlari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘li Mehmetbey universiteti dotsenti Özlem Yılmaz Demirel hamda...