Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/04/2025
Chop etish
“Talaba-yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasining bahor mavsumiga start berildi.
Jizzax sanoat hududida “Talaba-yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi tashkil etildi.

Talaba-yoshlarni sog‘lom turmush tarziga va sport tadbirlariga keng jalb qilish maqsadida tashkil etilgan musobaqada 5 ta oliy ta’lim muassasasi, maktab o‘quvchilari hamda mahalla vakillari ishtirok etdi.

Yugurish marafonida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 3 mingga yaqin talabalar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Yugurish marafoni ”so‘ngida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida Yengil atletika federatsiyasi, oliy ta’lim muassasalari rahbariyati, viloyat hokimi o‘rinbosari so‘zga chiqib, marafon ishtirokchilariga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.

 

Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar tashkilotchilarning diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Ma’lumot uchun: “Talaba yugur” musobaqasida 1-2-3 o‘rinlarni (yigitlar va qizlar o‘rtasida) Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba yoshlari qo‘lga kiritishdi. Qizlar o‘rtasida jismoniy madaniyat fakultetining 1-kurs talabalari Xayrullayeva Feruza Lutfulla qizi, 1-o‘rinni Xayrullayeva Feruza Lutfulla qizi, 2-o‘rinni Jo‘rabekova Durdona Atxam qizi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.Yigitlar o‘rtasida Aktamov Uchqun Akbar o‘g‘liga 1-o‘rin, Abduqayumov Shahobiddinga 2-o‘rin, Haqberdiyev Xusan Abduqodir o‘g‘liga 3-o‘rin nasib etdi.


Ulashish:
822
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.