Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/07/2024
Chop etish
Siyosiy qatag‘on davrida nohaq jabr ko‘rgan, mash’um davr qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz avlodlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

1937-1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lgan, 13 ming nafari otib tashlangan, minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga jo‘natilgan. Yurt ravnaqi, Vatan ozodligi yo‘lida jonini fido etib, siyosiy qatag‘on qurbonlari bo‘lgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 20-iyul kunida «Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq universitet tuzilmasidagi «Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi» hamda Viloyat teleradiokompaniyasi xodimlari bilan birgalikda siyosiy qatag‘on davrida nohaq jabr ko‘rgan mash’um davr qurboni bo‘lgan Orifjon Olimjonov, Abdusattor Shukurov, Bayzo Mirazimov, Urdushbek Salimov, Porsoxon Oppoqxonov avlodlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Ulashish:
864
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.