Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/10/2023
Chop etish
SILK ROAD RESEARCH ACADEMY asoschisi, professsor Azamat Akbarov JDPUda

Universitetga Silk Road Research Academy asoschisi, Professor Azamat Akbarov tashrif buyurdi.

Professor Azamat Akbarov universitet rektori Sh.S.Sharipov bilan uchrashuv chog`ida tashrifidan ko`zlangan maqsadlarga to`xtalib o`tdi. Tashrifdan maqsad o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish orqali kelgusida rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilgʻor tajribasini oʻrgangan hamda universitetning mutaxassislarga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda oʻquv rejalari, fan dasturlari, oʻquv adabiyotlari, shu jumladan oʻquv-metodik komplekslarni xalqaro standartlar asosida, zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilishni oʻzaro hamkorlikda amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikning kelgusidagi rejalarini muhokama qilishdi. O‘zaro muloqot jarayonida universitetning taʼlim yoʻnalishlarida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish va qoʻllash, hamkorlikda konferensiya, forumlar, simpozium va seminarlar oʻtkazish, universitet oʻqituvchilarining markazda amaliy tadqiqotlar oʻtkazishiga sharoit yaratib   berish, professor-oʻqituvchilarning amalga oshiradigan ilmiy-tadqiqotlarini tijoratlashtirishda hamkorlik qilish, shu bilan birga, taklif va mulohazlarni o‘rganib har bir yo‘nalish bilan alohida hamkorlik tashkil etishga kelishib olindi.

 

Muhokmalardan so`ng universitet rektori Sh.S.Sharipov va professor Azamat Akbarov o`zaro hamkorlik shartnomasini imzolashdi.


Ulashish:
1 130
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...