Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/03/2025
Chop etish
Sayyor qabul – muloqot tizimi va muammolar yechimi
Ayni paytda Jizzax davlat pedagogika universitetida Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rahimberdiyevich Rajabbayev ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Sayyor qabulda hududdagi OTMlar professor-o‘qituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar va talaba yoshlar ishtirok etishmoqda. Unda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli Ilmiy stajirovkaga yuborish, ilmiy loyihalarga grant ajratish va oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura) masalalari yuzasidan hamda sohaga tegishli boshqa masalalarga doir murojaatlari o‘rganilmoqda.

Sayyor qabulda 50 nafardan ortiq olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va tashabbuskor yoshlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbir davomida kelib tushgan, ma’lum muddat talab qiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi.


Ulashish:
600
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.