Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/05/2020
Chop etish
“Saxiy topsa, barcha yer…” yoki “ Do‘st og‘ir kunda bilinadi…”

( saxiy va mehribon, bir mayizni qirq bo‘lib yegan yurtdoshlarim nasib bo‘lsa bu ofatlarni ham jipslashib yengamiz )

1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining devorida suv chiqishi natijasida Sardoba tumani aholi yashash punkti jiddiy zarar ko‘rdi. Tabiiy ofat natijasida ko‘plab uysiz qolgan yurtdoshlarimiz Jizzax viloyatidagi maktab va kollejlar binolariga joylashtirildi. O‘zbek halqi azal-azaldan bunday og‘ir kunlarni jipslashib, ahillik va hamjihatlik bilan yengib o‘tgan. Bugungi qiyin sharoitda ham yurtdoshlarimizning mana shu olijanob fazilatlari yanada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bugun Jizzax viloyatidagi har bir tashkilot va idora vakillari qo‘lidan kelgancha tabiiy ofatdan zarar ko‘rganlarga yordam berishga harakat qilishmoqda. Kimdir kiyim –kechak, yana kimlardir oziq –ovqat, ba’zilar esa o‘z xonadonlaridan joy joy berishmoqda. Mana shunday sinovli kunlarda  Jizzax davlat pedagogika instituti professor o‘qituvchilari ham  chetda turgani yo‘q. Ular ham tashabbus ko‘rsatib baholi qudrat o‘z hissalarini qo‘shishmoqda. Kuni kecha Mirzacho‘l tumanidagi voqea joyidan evakuatsiya qilingan sardobalik yurtdoshlarimiz uchun oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim kechaklar, ro‘zg‘or buyumlari, kundalik vaziyatda ishlatiladigan mahsluotlar jo‘natildi. Bu hali hammasi emas bunday saxovat yordamlari har kuni Jizzax davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan shtabida yig‘iladi va kunlik yordamga muhtoj vatandoshlarimizga yetkaziladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu beg‘araz yordam aksiyasi davom etadi. Ayni paytda ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqatlar va boshqa turdagi mahsulotlar Jizzax davlat pedagogika instituti qoshida tashkil etilgan “Saxovat” shtabida qabul qilinmoqda. Shuningdek pul ko‘rinishdagi yordamlarni qabul qilish uchun plastik karta raqamlari ham  e’lon qilingan.  Qayd etish joiz o‘qituvchilar tomondan to‘plangan buyumlar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar har kuni tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan yurtdoshlarimiz joylashtirilgan maskanlarga yetkazib beriladi. Mana shunday mushkul va sinovli  kunlarda  o‘zidan orttirib  ezgu va xayrli ishga  oz bo‘lsada o‘z hissasini qo‘shayotgan aziz Jizzaxliklar Yaratgan sizdan rozi bo‘lsin.

             

                                                                               

 

 

                                                                                                                                                                                                          Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
1 088
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar va sprot masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida...
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida u talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faolligini yanada oshirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.