Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

S-Zone startup loyihasi ishga tushirildi

Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari Rahmatov Doston (magistratura 1-kurs) va Kamoljonov Fozil (bakalavr, 3-kurs)lar tomonidan ishlab chiqilgan S-Zone startup loyihasi ishga tushirildi. S-ZONE loyihasi umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun mo’ljallangan. Loyihaning asosiy funksiyalari: – Davomat. Tizim o’quvchilarning yuzlarini kamera orqali tanigan holda yo’qlamadan o’tkazib, avtomatik tarzda bazaga kiritib boradi. – Kuzatish. Tizimning eng asosiy funksiyalaridan biri bo’lib, bunda o’quvchilar haqidagi ma’lumotlar ularning ota-onalari tomonidan mobil-ilova orqali kuzatib boriladi, ya’ni farzandlarining maktabga qachon kirib kelganliklari va qachon chiqib ketganliklari, ularning dars jadvali, har choraklik baholari, real time (ayni hozirgi vaqt) da qaysi dars mashg’uloti qaysi sinf xonasida  o’tkazilayotganligini aniqlashlari hamda o’sha sinf xonaning kamerasi orqali farzandlarining darsdagi ishtirokini bevosita kuzatishlari mumkin. Xodimlar davomati. Tizimning yana bir imkoniyati, u orqali nafaqat o’quvchilarning, balki o’qituvchi va xodimlarning ham ishga kelish-ketishlarini  nazorat qilish mumkin, ya’ni tabel, yo’qlama jadvali kabilarni avtomatlashtirish imkoniyati mavjud. – Qo’shimcha funksiyalar. Smartfonlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo’lmagan ota-onalar uchun farzandi haqidagi ma’lumotlar SMS orqali yetkaziladi. Hozirda bu loyiha Jizzax shahar 6-umumta’lim maktabida ishga tushirilgan. Dasturchilarning loyiha bo’yicha navbatdagi rejalari: Tizimning takomillashgan versiyani yaratish va unda kamera orqali o’quvchilarning emotsiyalarini o’rganib, dars sifatini aniqlovchi algoritmlar yaratish.   Tizim yoki uning ishlash jarayoni haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lish uchun https://t.me/szoneuz telegram kanalini kuzatib boring.