Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Rektor va talabalar uchrashuvi: JDPUda Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida “Rektor va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida bugungi kunda 20 mingdan ziyod yoshlarga zamonaviy va mamlakat ehtiyojlariga mos turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berilmoqda. Xususan, Maktabgacha ta’lim fakultetida ayni paytda  1111  nafar talabalar tahsil olishmoqda. Universitetda talaba yoshlar uchun barcha qulayliklar va sharoitlar yaratilgan. Ta’kidlash joiz ushbu fakultetda yil mobaynida har tomonlama yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi. Universitet rektori Shavkat Sharipovning ushbu fakultet talaba yoshlari bilan ochiq muloqotida Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlashda yangi tizim joriy etilganligi, ular doimo davlat e’tiborida ekanligi qayd etildi. Talabalar ham turli yo‘nalishlarda o‘z mulohazalarini bildirib, yuzma-yuz dildagi gaplar aytildi. Uchrashuvda nafaqat ta’lim sohasi, balki talabalarni qiziqtirayotgan boshqa masalalar ham muhokama qilinib, rektor va talabalar o‘rtasida samimiy suhbat o‘tkazildi. Bundan tashqari xorijiy davlatlarda o‘qish istagi bo‘lgan talabalar aniqlanib, ularga amaliy yordam berish taklifi bildirildi. Universitetdagi o‘quv va ma’naviy ishlariga oid g‘oya va takliflarini bildirgan talabalarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, talabalar iqtidorli talabalarning kitoblarini nashr qilishda amaliy yordam berilishini , til sertifikatlariga imtihon topshirish uchun boshqa yerga emas, o‘zimizda tashkil etilishini istashlarini bildirib o‘tishdi. Universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Shavkat Sharipovning “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasidagi navbatdagi muloqoti zavqli va mazmunli kechdi.Buni muloqotdan so‘ng taklif va fikrlarini qizg‘in muhokama qilayotgan talaba-yoshlar suhbatidan sezish mumkin. —bugungi uchrashuvda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash haqida takliflarimni bildirildim, — deydi uchinchi bosqich talabasi Visola Abdusattorova . — Universitet rektoriga  universitetdagi iqtidorli talabalarning kitoblarini nashr qilishda amaliy yordam berish taklifini kiritdim. Bunga javoban yaqin kunlarda badiiy adabiyotga, umuman ijodga qiziqadigan talabalar uchun yetarlicha imkoniyat yaratib berilishini eshitib boshimiz osmonga yetdi