Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/03/2025
Chop etish
Rektor talabalar bilan uchrashdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar muammolarini hal etish, yashash va ta’lim jarayonlarini yanada yaxshilash maqsadiga qaratilgan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti  talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida universitet rektori Shavkat Sharipov oliy ta’lim maskanida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar xususida so‘z yuritdi.

Uchrashuv davomida talabalarning fikr-mulohazalari, taklif va muammolari tinglandi. Ularni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob qaytarildi. Jumladan, ta’lim sifatini oshirish, dars jarayonlarini innovatsion texnologiyalar yordamida takomillashtirish, sport va madaniy tadbirlarni ko‘paytirish kabi masalalar muhokama qilindi.O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Qoraqalpog‘istonlik Shaxzoda ismli talaba qiz qoraqalpoq tilida bitgan she’rlarini o‘qib berdi. Dutorchi qiz Zebo eng sevimli kuylarini chalib berdi. Shu bilan bir qatorda bir qator talabalar ingliz tili to‘garaklarini tashkil etish, 4+2 talabalar amaliyoti, maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga tayyorlash kurslari borasida o‘z takliflarini bildirishdi. Ularning taklifini qo‘llab-quvvatlagan rektor mas’ullarga bu borada tegishli topshiriq berdi.

Ta’kidlash kerak, bugungi kunda mazkur fakultetda 50 ga yaqin professor-o‘qituvchilar 2 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda hozirgi kunda 678 nafar bakalavr tahsil olmoqda.


Ulashish:
733
Boshqa rubrikalarda mashhur

Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy madaniyat masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari hamda Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
JDPUda talaba-yoshlar uchun “Mustaqillik darslari” tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida, ijara asosida hamda 4-sonli talabalar turar joyiga joylashgan talaba-yoshlar uchun Qatag‘on qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalarining hayoti, faoliyati va ilmiy-ma’rifiy merosiga...
JDPU otalig‘idagi maktabda Bilimlar kuni tantanali nishonlandi
Bugun, 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sharof Rashidov tumani “Qulpisar” mfy hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan...