Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/04/2026
Chop etish
RASMIY MUNOSABAT

Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilarga dars yuklamasi va shtat birliklari taqsimoti bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tarqatilgan ma’lumotlar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Universitetda professor-o‘qituvchilarning mehnat faoliyati, shtat birliklari va dars yuklamalari amaldagi mehnat qonunchiligi, ichki tartib-qoidalar hamda tasdiqlangan o‘quv rejalari asosida amalga oshiriladi.

Shtat birliklari va dars soatlarini qayta taqsimlash jarayoni har o‘quv yili yakunlari va yangi o‘quv yili rejalashtirilishi davrida kadrlar ehtiyoji, fanlar yuklamasi hamda ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi mumkin.

Har qanday shtat o‘zgarishlari faqat mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq, xodimning huquq va manfaatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Xodimlarning arizasi yoki roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirish qonunchilikda belgilangan tartiblar doirasidagina amalga oshirilishi mumkin.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqlar, xususan Telegram platformasida tarqatilayotgan “professor-o‘qituvchilardan majburiy ravishda 0,25 stavkadan voz kechish haqida ariza yozdirilayotgani” hamda “o‘quv yuklamalari adolatsiz taqsimlanayotgani” kabi ma’lumotlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, universitet faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori va 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoni talablari asosida rivojlantirilib, mazkur hujjatlar ijrosi doirasida yuqori malakali kadrlarni jalb etish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda ilmiy natijadorlikni oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Universitet rahbariyati barcha professor-o‘qituvchilarning mehnat huquqlarini hurmat qiladi va ta’lim jarayonida adolatli yuklama taqsimotini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi.


Ulashish:
290
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...
“Mustaqillik kubogi”: sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”...
Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.