Hozirda universitetimizning talaba, o‘qituvchi va xodimlar uchun ishlab chiqilgan, HEMIS bilan integratsiyalashgan “Ichki boshqaruv portali” (main.jdpu.uz) ishlab kelmoqda. Ushbu portalda Raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘limi tomonidan GPA talablari bo’yicha “Grandlarni boshqarish” nomli modul ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu tizim Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan 11 ta mezon asosida shakllantirilgan. Har semestr yakunida talabalar to‘plagan ballar asosida avtomatik tarzda reyting shakllantiriladi va unga muvofiq grant yoki shartnoma asosida o‘qishni davom ettirish belgilab beriladi.
Shuningdek, talabalarni baholash natijalari eʼlon qilingandan so‘ng, ular natijalardan norozi bo‘lgan taqdirda 48 soat ichida universitetning rasmiy “Ichki boshqaruv portali” (main.jdpu.uz) orqali onlayn tarzda apellyatsiya kiritish imkoniyatiga ega. Portalga kirish barcha universitet talabalari uchun ochiqdir. Norozi bo’lgan talabgor talabalar o’zlariga tegishli login va parol orqali “Grandlarni boshqarish” moduliga kirib appelyatsiya berishlari mumkin.
Appelyatsiya berish istagidagi talaba quyidagi havola orqali tizimga kirishi so’raladi.
