Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/11/2024
Chop etish
“Psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Bugungi kunda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan bir qatorda, inson ongi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalar ham keng tarqalayotgani dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda.

Shu bois mamlakatimizda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida  turli uchrashuvlar targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinmoqda. Navbatdagi tadbirlardan biri JDPU madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  OAV xodimlari, JDPU professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar bilan bir qatorda IIB vakillari, sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari ishtirok etishdi. Tadbir davomida talaba-yoshlarga  O‘zbekistonda psixotrop moddalar bilan bir qatorda, inson ongi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, bu illatlarga mubtalo bo‘layotgan bemorlarning ayanchli holatlari to‘g‘risida tushunchalar berilib, ayniqsa oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlari, maktab, litsey o‘quvchilari tomonidan yengil daromad topish maqsadida, giyohvandlik jinoyatlari sodir etilish holatlari kuzatilayotgani to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan javoblar oldilar.

Tadbir yakunida JDPU talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan giyohvandlik va uning salbiy oqibatlaridan hikoya qiluvchi asar namoyish etildi.


Ulashish:
518
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda talabalar  xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, psixologlar, media markaz xodimlari, axborot xizmati xodimlari hamda Yoshlar ittifoqi yetakchilari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.
Jizzax “Alumni Community” vakili AQSH elchixonasi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etdi.
5–7 dekabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi vakolatli elchixonasi hamda Amerika Kengashi tomonidan “Alumni Community” doirasida respublika hududiy vakillari uchun seminar-trening o‘tkazildi.
Zomindan gapiramiz!
6–7-dekabr kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari Zomin dam olish maskanida navbatdagi dam olish kunlarini o‘tkazib qaytishdi.