Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/03/2025
Chop etish
Professor-o‘qituvchilar teatrga bordi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat olib borayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar shahrimizdagi Yu.Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilayotgan “Tanho Yulduz” spektaklini tomosha qilish uchun bordi.

Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri o‘z repertuaridagi yana bir yangi asar bilan tomoshabinlarni o‘ziga rom etdi. Teatrda taniqli o‘zbek dramaturgi Nurulla Abbosxonning «Tanho yulduz» asari professor-o‘qituvchilar ixtiyoriga havola etildi.

Asarda turmush o‘rtog‘idan erta ayrilgan insonlarning ruhiy azobi, yolg‘izlik, mehru muhabbatga muhtojligi hikoya qilinadi. “ Qarisi bor, uyning parisi bor”, deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz. Shu sababli ham o‘zbek millatida ota-onani ulug‘lashi butun dunyo xalqlarining havasini keltiradi.Shunga qaramay bu asarda bugungi kunda tez-tez uchrab turadigan noxush vaziyatlardan biri bo‘lmish ota-onani qadriga yetmay, ulardan vaqtida xabar olmay, xorlagan ayrim noqobil farzandlarning qilmishlari evaziga juda qiyin ahvolga tushib qolgan qariyalarning hayoti komedik janrda aks ettirilgan. Sahnalashtiruvchi rejissyor Qahramon Sa’dullayev asar g‘oyasini yaxshi tushungan holda, tomoshabinga yetkazib berishga muvaffaq bo‘lgan.

«Tanho yulduz»da xotini dunyodan o‘tganidan so‘ng, o‘g‘il-qizlarini uylantirib, o‘zi yolg‘iz qolgan, hayotda qiynalib, qanchalik iztirob chekmasin, hech kimga nolimaydigan Murod rolini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkor Jo‘ra Isroilov ijro etgan. Beva ayollar – Ra’no, Manzura va Jamila obrazlari teatrning mohir aktrisalari Jamila Dehqonova, Raisa Abdullayeva va Gulchehra Begimovalar tomonidan sahnaga olib chiqilgan.

Albatta asar muvaffaqiyatida rassom, musiqa rahbari, teatr direktoridan tortib, sahna ishchilarining ham hissasi bor. Bir so‘z bilan aytganda, bugungi ”Tanho Yulduzim” spektakli barchaga manzur bo‘ldi. Komedik janrda sahnalashtirilgan spektaklda xalqimizning Taniqli aktyor va aktrisalarning mohirona chiqishlari universitet xodimlariga xush kayfiyat va taassurot baxsh etdi.

Teatr namoyishidan so‘ng aktyorlar 27-mart Xalqaro teatr kuni munosabati bilan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar


Ulashish:
544
Boshqa rubrikalarda mashhur

Default image
Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.
Yakuniy nazoratlar oldidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida yakuniy nazorat va YN imtihonlari tartib-qoidalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Boʻlajak pedagoglar uchun muhim tajriba
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar uchun “Pedagogik texnika – pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy omili sifatida” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.