Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/04/2025
Chop etish
Premyera: Sahnada “Sirli topshiriq” ertak spektakli.
Jizzax Davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi 1–kurs talabalar tomonidan “Sirli topshiriq”nomli ertak spektakli sahnalashtirildi.

Oliygohning madaniyat saroyida Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan teatr tomoshasiga bog‘cha tarbiyalanuvchilari, imkoniyati cheklangan bolajonlar hamda talablarning ota-onalari taklif etildilar.

Talabalar ustozlari yordamida sahnalashtirgan teatr postanovkasi tomoshabinlarni ertaklar olami bo‘ylab sayohatga boshlaydi. Xususan, Robot-ertakchi bilan uchrashuv — topishmoq va kalit, Buratino va Malvina — shubhalar va haqiqatni izlash, Sirli Yovuz bilan uchrashuv — sirning fosh bo‘lishi kabi sahna ko‘rinishlari tomoshabinni o‘ziga jalb qiladi. Yakunda ertaklar olamidagi muvozanat tiklanadi. Har doimgidek ezgulik g‘alaba qozonadi Qahramonlar har biri tegishli xulosani chiqaradi. Ertak spektakl aynan bolajonlar, yosh tomoshabinlar uchun maxsus yozilgan asar sanaladi. Tarbiyaviy ahamiyatga ega bu asar bolalar tilida yozilgan bo‘lib, undagi syujetlar bolalarni har qanday vaziyatda ham to‘g‘ri so‘zlashga, beodob bo‘lmaslikka, hamisha yaxshilik qilishga chorlaydi.

Ota-onalar va bolajonlar e’tiboriga havola etilgan teatr tomoshasi so‘ngida faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.


Ulashish:
962
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...