Jizzax davlat pedagogika universiteti Musiqa madaniyati fakulteti, Musiqa ta’limi kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan mahorat darsida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir – Nuriddin Aminjonov , Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, bastakor – Ahmadjon Dadayev, Oʻzbekiston xalq hofizi – Isroil Vahobov, Jizzax viloyat namunali maqom ansambli, Eson Lutfullayev nomidagi Jizzax davlat padagogika universiteti talabalar maqom ansambli jamoalari va talabalar ishtirok etishdi.
Universitetning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan mahorat darsida taniqli kompozitor va bastakorlar hamda maqom ustalari tomonidan o‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligi, maqom san’ati xususida talaba yoshlarga keng va atroflicha tushunchalar berish bilan bir qatorda jonli ijroda maqomlardan kuylab ham berishdi.
Mahorat darsi davomida yurtimiz musiqa san’ati hayotidagi yangiliklar, kompozitorlar ijodi, o‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ustoz san’atkor bilan muloqotda yoshlar milliy musiqachiligimiz borasida fikr mulohazalarini bildirdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi. Mazkur tadbir yoshlarning mavzu doirasidagi bilim va tushunchalarini boyitish bilan birga, ijodiy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qildi.