Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/05/2025
Chop etish
“Ochiq eshiklar kuni” — Jizzax akademik litseyi va JDPU Tarix fakulteti hamkorligida.
Joriy yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi “Huquqiy va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi” hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU) Tarix fakulteti o‘rtasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir umumiy ta’lim va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash, litsey o‘quvchilariga tarix fani bo‘yicha mutaxassislik yo‘nalishlarini yaqindan anglata olish hamda kelajakdagi ilmiy – ta’limiy loyihalarni muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi.

JDPU Tarix fakulteti dekani, litsey o‘quvchilarini samimiy qarshi olib, fakultetning ta’lim-ilmiy imkoniyatlari, o‘quv dasturlari, zamonaviy auditoriya va laboratoriyalar, shuningdek, xalqaro almashinuv dasturlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. U tarix fanining jamiyatdagi roli, yoshlarni milliy o‘zlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni va muhim ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida litsey o‘quvchilari Tarix fakultetidagi kutubxona jamg‘armasi, arxiv xonalari, interfaol o‘quv maydonchalari va fakultet muzeyini ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, talabalar tayyorlagan ilmiy loyihalar namoyishi, savol-javob sessiyalari hamda kichik guruhlarda bo‘lib o‘tgan muhokamalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu “Ochiq eshiklar kuni” muassasalararo hamkorlikning namunali ko‘rinishi bo‘lib, litsey o‘quvchilariga oliy ta’limga bo‘lgan ishonch va rag‘batni oshirishda muhim omil xizmat qildi.


Ulashish:
919
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talabalar ligasi” g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ijtimoiy profilaktika va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi
Tadbirda hamkor tashkilotlar vakillari, universitet profilaktika inspektori, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari, tyutorlar, psixologlar hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
JDPU professor-o‘qituvchilari Malayziyada malaka oshirib qaytdi
Jzzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchilari Malayziyaning Utara universitetida 11–25-may kunlari tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar bo‘yicha o‘z...