Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/04/2025
Chop etish
«Nomingiz dillarda mangu yashaydi» shiori ostida «Uch avlod uchrashuvi» bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazida Rus tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lida ko‘rsatilgan qahramonlik unutilmaydi” hamda “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” shiorlari ostida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbir 9-may –» Xotira va qadrlash kuni»  munosabati bilan tashkil etildi. Uchrashuv Markaziy harbiy okrug, Jizzax garnizoni harbiy xizmatchilari, viloyat harbiy prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, DXX Chegara qo‘shinlari faxriylari, “Nuroniy” jamg‘armasi, Yozuvchilar uyushmasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi hamda jamoatchilik kengashi vakillari hamkorligida o‘tkazildi.

Faxriylar tomonidan yoshlarga murojaatlar, tarixiy xotiralar va vatanparvarlik ruhidagi suhbatlar tashkil etildi. Jizzax garnizoni harbiy orkestrining kuy-qo‘shiqlari esa yig‘ilganlarga baland ruh va unutilmas taassurot ulashdi.

Shuningdek, tadbir doirasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif uyushtirilib, muzey mutaxassislari tomonidan qatag‘on qurbonlari bo‘lgan o‘zbek ziyolilari haqida qimmatli ma’lumotlar berildi.


Ulashish:
919
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.