Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/06/2024
Chop etish
MUNOSABAT

Joriy yilning 10-iyun kuni   https://t.me/eltuz2022 Telegram kanalida e’lon qilingan «Jizzax davlat pedagogika universiteti magistrlari muammosi nimada?…» sarlavhasi ostida e’lon qilingan murojaat bo‘yicha Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyatining MUNOSABATI

А.Qodiriy nomidagi  Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistratura bo‘limi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 mart 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risda”gi nizom talalblari asosida faoliyat yuritadi. 2023-2024 o‘quv yilida Magistratura bo‘limida 232 nafar talaba tahsil olgan. Magistratura bo‘limi talabalariga 20 nafar fan doktorlari, professorlar, 60 nafardan ortiq fan nomzodlari, dotsentlar mashg‘ulot o‘tish bilan birgalikda magistrlik dissertatsiyalariga  ham ilmiy rahbarlik qilishadi.

Ta’kidlash joizki, o‘quv yili davomida  darslarning sifatsiz o‘tilayotganligi bo‘yicha na magitsratura bo‘limiga na rahbariyatga bu mazmundagi ariza va shikoyatlar kelib tushmagan. Murojaat qilingan taqdirda ariza va shikoyatlar o‘rganilib fan o‘qituvchilarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2017 yil 941-sonli buyrug‘ida belgilangan tartibda o‘zgartirish imkoniyati mavjud.

Mazkur arizada shikoyatchilar ta`magir o‘qituvchilar darslarga qatnashmayotgan talabalarga  Hemis platformasi orqali baholarni qo‘yib berishayotgani, xususan ingliz tili o‘qituvchisi A.Muhammedov ana shulardan biri ekanligini bayon etishgan. Ayni paytda rahbariyat tomonidan mazkur holatni o‘rganish choralari ko‘rilmoqda. O‘rganish natijasida aniqlangan haqiqiy holat ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

Hemis platformasiga baholarni joylashtirish ma’lum  muddat asosida cheklangan  darslarda qatnashmaslik va jarayonlarini keyin to‘g‘irlash imkoniyati fan o‘qituvchisida mavjud emas. Hemis platformasida darslarda faol bo‘lgan, doimiy ishtirok etgan talabalar kundalik baholarini olishadi va bu jarayon Registrator ofisi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari tomonidan to‘liq nazorat ostiga olingan. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘z ustida ishlamagan, darslarga loqaydlik bilan yondoshgan pedagog-xodimlar aniqlangan holatda  tegishli tartibda choralar ko‘riladi. Shu o‘rinda talabalarga bunday vaziyatlarda @jdpiantikorrbot  telegram  kanaliga murojaat yo‘llashlarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limiga yoki tegishli tartibda huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Magistrlarning dissertatsiya mavzulari jdpu.uz rasmiy saytiga (https://jdpu.uz/talabalar-uchun-bitiruv-malakaviy-ish-mavzulari-bakalavriat/) joylashtiriladi. Ushbu e’lon orqali magistr talabalar dissertatsiya mavzularini o‘zlari tanlaydi va tanlagan mavzu bo‘yicha biriktirilgan ilmiy rahbar bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolarining muojaatlari to‘risidagi qonuniga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega” ekanligi belgilab qo‘yilgan. Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati shuni ma’lum qiladiki, murojaatchilar istalgan joyga va istalgan vaqtda  ariza va shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.

    Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati


Ulashish:
1 407
Boshqa rubrikalarda mashhur

Sejong universiteti bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.
Mazkur tashrifda universitetning professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkilotining yetakchilari ishtirok etdi. Ma’rifiy safar talaba-yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini...
JDPUda Sejong universiteti bilan hamkorlikdagi xalqaro IT va madaniyat dasturiga start berildi
Koreya Respublikasining nufuzli Sejong universitetidan tashrif buyurgan 23 nafar talaba hamda professor-o‘qituvchilardan iborat delegatsiya ishtirokida “WFK IT Ko‘ngillilar Guruhi Dasturi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.