Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/11/2021
Chop etish
MUNOSABAT

 

10 noyabr kuni  kuni ijtimoiy tarmoqdagi  https://www.facebook.com/ sahifasiining Halq nazorati guruhida “Jizzax pedagogika institutidagi mutassadillar, qachon yolg‘onga chek qo‘yiladi?” mazmunidagi murojaatga Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyatining

MUNOSABATI

https://www.facebook.com/ sahifasiingng Xalq nazorati guruhida  “Jizzax davlat pedagogika instituti mutassadilari,  qachon yolg‘onga chek qo‘yiladi?”  mazmunidagi  murojaati e’lon qilindi.

Sh. Rashidov tumanidagi Kuyovboshi MFY da joylashgan sobiq  Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji davlat rahbarining 2019 yildagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5812 sonli farmoniga ko‘ra Jizzax davlat pedagogika instituti tassarufiga o‘tgan. Ta’mirtalab holdagi sobiq Kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji binosi bosqichma-bosqich ta’mirlanib borilmoqda. Ayni paytda bu binoda institutning Matematika va informatika fakulteti talabalari tahsil olishadi.Murojaatda “binoning yuqori qavatda joylashgan  yotoqxonada deraza  oynalarining yo‘qligi va isitish tizimi esa mutlaqo ishlamayotganiligi” (suratlar bilan) iddao qilingan. Bugungi kunda binoda isitish tizimi uzluksiz ishlab turibdi. 3 qavatdgi deraza oynalar ham yangitdan ta’mirlanib qo‘yilgan.

Sh. Rashidov tumanidagi Kuyovboshi MFY da joylashgan Matematika va informatika fakultetida binosida hech qanday yotoqxona mavjud emas. Murojaatda ko‘rsatilgan suratlar o‘quvchini chalg‘itish maqsadida binoning aynan ta’mirlash ishlari (binodagi to‘liq isitish moslamalarini hamda deraza oynalarini almashtirish) olib borilayotgan vaqtda suratga tushirilib jo‘natilgan. Bugun Matematika va informatika fakultetida talabalar uchun imkon darajasida sharoitlar yaratilgan, binoga Wi-Fi o‘rnatilgan, fakultetdagi Axborot resurs markazi kerakli badiiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlangan.

                            Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 090
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU talabalari Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalaridan iborat delegatsiya 12–14-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.
JDPU профессор-ўқитувчилари Malayziyada malaka oshirish jarayonida
Jizzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchisi Malayziyaning Utara Universitetida malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.
“Stressga harakat bilan javob ber, fikringni ozod qil!”: Talabalar o‘rtasida ommaviy psixologik aksiya o‘tkazildi
Aprel va may oylarining “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilingani munosabati bilan Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetining “Volontyor psixolog” talabalar jamoasi tomonidan talaba-yoshlar uchun...