Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/02/2025
Chop etish
Muborak 60 yosh qutlug‘ bo‘lsin!
Bugun, Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti «Zoologiya va anatomiya» kafedrasi katta o‘qituvchisi Umirov Nurulla Usanovichning muborak 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan universitet rahbariyati va kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan qutlandi.

Unda so‘z olganlar ustozning pedgogik mahorati ta’lim, hususan, universitetning rivojiga qo‘shgan ulkan, fidoiy mehnatlarini e’tirof etib, minnatdorchilik izhor etdilar.

Nurilla Umirov ko‘p yillar Tabiiy fanlar fakultetida samarali faoliyat olib borib, ko‘plab shogirdlarni yetishtirgan.

 

 

Samimiy, kamtar, fidoiy, jonkuyar ustoz Nurilla Umirovni muborak 60 yosh bilan tabriklab, universitet jamoasi tomonidan milliy an’analarimizga ko‘ra, to‘n kiydirilib, uzoq yillik tinimsiz mehnati uchun minnatdorchilik izhor qilindi.


Ulashish:
698
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.