Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

MIRZACHO‘L VOHASINING TABIIY-MELIORATIV SHAROITINI UMUMIY BAHOLASH

Toshboev Zafarjon Maxramkulovich Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi katta o‘qituvchisi Jizzax, O‘zbekiston zafartoshboyev76@gmail.com             Annotatsiya: V obщaya otsenka s tochka zreniy irrigatsionno-meliorativnogo osvoeniya Mirzachulskogo oazisa geograficheskoe polojeniya territorii, agrofizicheskoe i agroximicheskoe svoystv pochv, pochvogrunt i polnoe meliorativnoe xarakteristiki territorii. V dannыx state rassmotrena voprosы prirodno-meliorativnaya otsenka territorii. Klyuchevыe slova: oazisnыe landshaftы, oroshaemoe zemledelie, vertikalnыx i gorizontalnыx drenaj, mineralizatsiya gruntovыx vod, koeffitsent filtratsii, mexanicheskiy sostav, moщnost melkozemistogo sloya.   Bugungi kunga kelib respublikamiz umumiy yer maydonining o‘ndan bir qismini tashkil etgan voha landshaftlarini turli maqsadlarda, xususan, landshaft-meliorativ jihatdan tadqiq etishga qiziqish ortib bormoqda. Antropogen landshaft komplekslari tarkibiga kiruvchi voha landshaftlarining shakllanishi va rivojlanishini tasniflash, kartalashtirish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Mirzacho‘l vohasi landshaftlarini mamlakatimizning boshqa vohalari singari landshaft-meliorativ nuqtai nazardan tadqiq etish tadqiqotchilar diqqatini o‘ziga jalb qiladigan masala hisoblanadi. Mazkur hudud O‘rta Osiyo mintaqasida o‘zlashtirilib vohaga aylantirilganligi jihatidan hali birmuncha yangi hisoblansa-da, biroq landshaft komponentlarining tubdan o‘zgarishga uchrashi yetarli davrni o‘tagan. Mirzacho‘l vohasi O‘zbekiston hududida tarkib topgan qadimgi vohalardan birmuncha farq qilgan holda Sirdaryo va Zarafshon daryolarining suvini XX asrning fan va texnika yutuqlaridan foydalanilgan holda sug‘orilishi natijasida o‘zlashtirila boshlangan. Buning uchun sug‘oriladigan hududning irrigatsion-meliorativ jihatdan o‘zlashtirish nuqtai nazardan umumiy baholashda quyidagi xususiy baholashga e’tibor qaratilganligini ta’kidlash mumkin: 1) hududning geografik joylashuvi (cho‘l yoki chala cho‘l zonasida) bo‘lib, namlikning tuproqdan potensial bug‘lanishi, o‘simliklarning transpiratsion qobiliyati va qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish uchun rejalashtiriladigan turi; 2) tuproqning agrofizik xossalari (mexanik tarkibi, skeletliligi, mayda zarrachali qatlamining qalinligi, tuproq grunt va unda yotqizilgan jinslarning litologik tuzilishi, karbonatli monolit gorizontlar – shox, gipsli qavatlar va gorizontlar va karbonatli-gipsli (arziqli) alohidalangan qatlamlar, tuproqning yomonlashuvi suv-fizik xossasi, filtratsiya koeffitsienti va b.); 3) tuproqning agrokimyoviy xossalari (tuproqqning genetik mansubligi, ularning hosildorlik darajasi nima bilan bog‘liqligi – gumus, azot, fosfor, kaliy va b. tarkibi); 4) tuproq-grunt va hududning to‘liq meliorativ tavsifi (tuproq-gruntning sug‘orilishda ikkilamchi sho‘rlanishga uchrashi bilan bog‘liq bo‘lgan tez eruvchan tuzlarning tarkibi, tuproq-gruntning sho‘rlanish tipi, sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashuv darajasi va tipi va hududning tabiiy drenajlanganlik darajasi). Hududning drenajlanganlik darajasi ma’lumki, uning geomorfologik holati va gruntning litologik tuzilishiga bog‘liq. Mirzacho‘l vohasi hududi vertikal tabiiy geografik mintaqalikning oxirgi pog‘onasini tashkil etib, zonal tuproqlar tipik namoyon bo‘lgan och tusli bo‘z tuproqlar hisoblanadi. Uning bioiqlimiy sharoiti, ayniqsa, termik resurslari vohaning o‘rtacha tolali (o‘rta pishar) o‘g‘za navlari yetishtiriladigan mintaqa ekanligini aniqlab bergan. Mirzacho‘l tuproqlarining agrofizik xossalari xo‘jalikda foydalanish uchun to‘liq qulay bo‘lib, ularning ko‘pchilik qismi lyossimon yirik va o‘rtacha zarrachali yengil va o‘rtacha qumoqli yetarlicha suv o‘tkazuvchanlikka va filtratsiya koeffitsientiga ega. Tuproq bonitirovkasida bunday mexanik tarkib sug‘orma dehqonchilik uchun eng qulay hisoblanadi va eng yuqori ballda baholanadi. Sho‘ro‘zak, yettisoy va Sardoba depressiyalari tuproqlari eski sug‘oriladigan zonadagi va yangi sug‘oriladigan Yog‘ochota depressiyalari tuproqlari asosan og‘ir qumoqli va gilli, ko‘pincha o‘rtacha va kuchli gipslashgan (ayniqsa, Yog‘ochota botig‘i tuproqlari) bo‘ladi. Ushbu tuproqlar, odatda, yomon filtratsion tarkibga ega bo‘ladi va binobarik, ularni sho‘rdan yuvish, katta qiyinchilik tug‘diradi va sho‘r yuvishda katta miqdordagi, ko‘pincha 30-35 m3/ga yetadigan suvni talab qiladi. Mirzacho‘l vohasi tuproqlarining agrokimyoviy xossalari tabiiy holatda unchalik qulay emas. Gumus tarkibi katta emas (1,0-1,5%) shunga mos holda azot, fosfor ham kam, biroq kaliy to‘lig‘icha yetarli. Yirik va o‘rtacha zarrachali qumoqlari tarkibi Mirzacho‘lning o‘simliklar ozuqa moddalarining mobilligini ta’minlaydi. Bu esa Mirzacho‘l vohasi tuproqlarini O‘rta Osiyoning eng serhosil tuproqlari qatoriga kiritishga asos bo‘lib xizmat qiladi (Rijov, 1952). Ozuqa elementlarining yetishmaydigan qismini o‘g‘it ko‘rinishidagi azot va fosfor kiritilib to‘ldirish qiyin emas. Mirzacho‘l vohasi yangi o‘zlashtirilgan tuproqlari O‘rta Osiyoning ko‘pgina boshqa mintaqalari tuproqlari singari sug‘orma dehqonchilikda nisbatan qisqa muddatda (5-10 yil) madaniylashgan va yaxshi agrotexnika va o‘g‘itlar tizimi orqali eskidan sug‘oriladigan ilgarigi madaniylashtirilgan tuproqlar singari qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishni ta’minlaydi. Mirzacho‘l vohasi tuproqlarining asosiy yetishmovchiligi – ularning birlamchi sho‘rlanishi va sug‘orish orqali ikkilamchi sho‘rlanishga moyilligi bo‘lib, bu esa uning butun tekislik hududining tabiiy drenajning yetishmovchiligi bilan belgilanadi. Sho‘rlanish tuproqning unumdorligi va ishlab chiqarish qobiliyatini nafaqat tuzlarning toksik kuchi, balki tuproq eritmaisining osmotik bosimi ortishi kuchi tufayli kuchli pasaytirib, ozuqa moddalarining o‘simlik organizmiga kirishini qiyinlashtiradi. Bunda mineral o‘g‘itlarning sho‘rlangan tuproqlarga katta dozasining samarasi past bo‘lishiga (Rijov, 1980). S.N.Rijov o‘zining chuqur va keng agrotuproq tadqiqotiga asoslanib shu xulosaga keldiki, sho‘rlangan tuproqlarda barcha agrotexnik tadbirlar (jumladan, o‘g‘itlash) kuchli pasayadi va shuning uchun tuproqlari sho‘rlangan hududlarda eng birinchi vazifa tuproq sho‘rini qochirish hisoblanadi. Sho‘rni qochirish planirovka qilingan dala maydonidagi sho‘r yuvishda va sug‘orishning sho‘r yuvish rejimida suneiy drenaj optimal chuqurlikdagi va nisbatan uzunlik yetkazilib, ularning kattaligi har bir massiv uchun uning litologo-gidrogeologik va tuproq-meliorativ sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Biroq meliorativ ilm bunday xulosaga birdaniga kelmagan bo‘lib, garchi Mirzacho‘l va boshqa mintaqalarda olib borilgan dastlabki tadqiqotlar aynan shunday fikrga olib kelgan. Drenaj qurilishining qimmatga tushishi, meliorativ va qurilishning past texnik ta’minlanganligi va mamlakatning o‘sha davrdagi iqtisodiy imkoniyati tuproq sho‘rlanishi bilan kurashishda boshqacha, birmuncha yengil, arzon yo‘lini qidirib topishni shart qilib qo‘ygan edi. Ba’zi mutaxassislar bunday yo‘lni dehqonchilikning V.R.Vilyams tomonidan ishlab chiqilgan o‘t-dala almashlab ekish tizimi naazariyasida “ko‘rishgan”. Hozirgi vaqtga kelib aniqlanganidek, Mirzacho‘lning deyarli butun tekislik hududi u yoki bu hajmdagi sun’iy drenajga muhtoj ekanligini kuzatish mumkin. Hattao Mirzacho‘lning janubiy tog‘ etagi qiya tekislik qismining deyarli barcha hududi (Jizzax dashti yerlari)  sun’iy drenajlashtirishga muhtoj (To‘laganov, 1971; Komilov, 1976). Turli xil yer massivlarida drenajning hajmi tabiiy drenajlanganlik darajasini belgilab beruvchi litologo-geomorfologik sharoitiga bog‘liq. Mirzacho‘l vohasida eng qiyin tuproq-meliorativ sharoiti oqimsiz yoki kam oqimga ega bo‘lgan depressiyalar (Sho‘ro‘zak, Yettisoy, Sardoba, Yog‘ochota) ajralib turadi va ular o‘z navbatida juda hajmdagi drenajga zarurat mavjudligini ko‘rish mumkin. Eng kam hajmdagi drenaj tarmoqlari Mirzacho‘l gryadasi tipidagi eng balandlashgan geomorfologik hududlar va Sirdaryoning hozirgi zamon vodiysidagi tabiiy qoniqarli drenajga ega bo‘lgan yer massivlari (Paxtaorolning shimoliy qismi, Boyovut massivining ancha qismi va b.) uchun zarur hisoblanadi. Janubiy Mirzacho‘l kanali mintaqasida eng katta hajmdagi drenaj Yog‘ochota pastqamligiga (janubi-sharqiy massiv) zarur bo‘lib, u yerda 80 pogono m/ga doimiy yotiq yopiq chuqur (3-3,5 m) drenaj yotqizilishi loyihalangan va qurilgan bo‘lib, uni tuproq sho‘rini yuvish davrida 100 pogono m/ga uzunlikkacha bo‘lgan mayda (1-1,2 m) vaqtinchalik drenaj jadallashtiradi. Markaziy va janubi-g‘arbiy massivlar yerlari birmuncha qulay meliorativ sharoitga egaligi bilan farqlanib, shuning uchun bu yerda doimiy drnajning o‘rtacha hajmi 60 m/ga dan oshmaydi va vaqtinchalik drenaj mavjud emas. Ta’kidlash lozimki, janubi-sharqiy massiv yerlarida shunchalik zich drenaj to‘riga ega bo‘lishiga qaramasdan, bu yerlar hozirgi vaqtda sho‘rlanishdan zarar ko‘rmoqda, qolgan ikkita massivlar yerlari esa qulay meliorativ holati bilan farq qilib, birmuncha kam hajmdagi drenajga ega bo‘lishiga qaramasdan kutilgan natijani bermaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidan ko‘rinib turibdiki, o‘zlashtirish ob’ektining tabiiy-meliorativ sharoitini umumiy baholashda drenajning zaruriy hajmi asosiy ko‘rchatkichlardan biri hisoblanadi. Mirzacho‘lning paxta ekiladigan mintaqalari yerlarini baholashning miqdoriy ko‘rchatkichlariga muvofiq Janubiy Mirzacho‘l kanali mintaqasi janubi-sharqiy massivi yerlari drenaj hajmiga ko‘ra IV guruhga kiritilib, qiyin yerlar toifasiga, markaziy va g‘arbiy massivlar esa – II guruhga, ya’ni yaxshi yerlar toifasiga kiritiladi. IV guruhga shuningdek, Janubiy Mirzacho‘l kanaliga chap tomondan tutashgan yerlar – Jizzax dashtining shimoliy chekka hududlari anchagina qismi ham kiritilib, Kirov nomli magistral kanali zonasidagi Sho‘ro‘zak, Sardoba va Yettisoy botiqlari yerlari tuproq-meliorativ sharoitiga ko‘ra Janubiy Mirzacho‘l kanali mintaqasi janubi-sharqiy massivi yerlariga yaqin turadi va shuning uchun ularni ham qiyin krlar toifasiga kiritish lozim. Yotiq yonbag‘irlarning yuqorigi qismini ushbu depressiyalarning aftidan qoniqarli yerlar toifasiga, yassi tekislik hududlarni esa – yaxshi yerlar toifasiga Janubiy Mirzacho‘l kanali mintaqasining markaziy va janubi-g‘arbiy massivlari singari kiritiishi lozim. Irrigatsion-meliorativ qurilishi va o‘zlashtirish ob’ektini meliorativ baholashda boshqa muhim ko‘rsatkich – planirovka ishlari hajmi. Bu jihatdan Mirzacho‘l vohasi yerlari relefining tabiiy tekislanganligi qulayligi va shuning uchun planirovka ishlari hajmi katta bo‘lmasdan, ko‘pincha 300-600 m3/ga va ba’zida 1000-1100 m3/ga ni tashkil etadi (Antonov, 1979). Mirzacho‘l yerlarining planirovka ishlari hajmiga ko‘ra miqdoriy ko‘rchatkichlariga muvofiq yaxshi yerlar toifasiga kiritiladi. Yerlarni meliorativ baholashda uchinchi muhim ko‘rsatkich – aeratsiya zonasi tuproqlarining birlamchi sho‘rlanish darajasi, xususan, birinchi navbatda, ildiz oziqlanadigan qatlamdagi va aniqlanadigan tuzlar tarkibi va ularning moddiy o‘zlashtirilishidagi yuvilish ehtiyojlari hisoblanadi. Janubiy Mirzacho‘l kanali mintaqasining janubi-sharqiy massivi barcha yerlari bunday meliorativ tadbirlarga muhtoj bo‘lib, ularning anchagina qismi esa hozirgi vaqtda to‘liq, janubi-g‘arbiy massiv yerlari esa qisman yuvilishga muhtoj. Markaziy massiv yerlarining o‘zlashtirilishida sho‘r yuvish tadbirlari umuman talab qilinmaydi. Magistral kollektor mintaqasidan Janubiy Mirzacho‘l kanali mintaqasi janubi-sharqiy massivi yerlari bilan Sho‘ro‘zak, Yettisoy, ayniqsa, Sardoba pastqamliklari tuproqlari bilan birmuncha o‘xshash hisoblanadi. O‘zlashtirilishida to‘liq yuvilishga Jizzax dashtining, ayniqsa, uning shimoliy Janubiy Mirzacho‘l kanali mintaqasiga tutash bo‘lgan yerlarining anchagina maydonlari ayniqsa muhtoj. Yer massivlarini meliorativ baholashda keyingi eng muhim ko‘rsatkichlari – sizot suvlari minerallashuvi darajasidagi yotish chuqurligidir. Bu jihatdan eng yomon ko‘rsatkichlar janubi-sharqiy massiv yerlari farq qiladi. Bu yerda sizot suvlari ko‘pincha 1-3 m chuqurlikda va mezorelefning eng balandlashgan uchastkalaridagina 4 m va undan chuqurda yotadi. Mirzacho‘lning Markaziy massiv yerlari birmuncha kuchli minerallashgan (20-30 g/l) sizot suvlarining eng chuqur (10-20 m) yotishi bilan baholanadi. Janubi-g‘arbiy massiv yerlari bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha oraliq o‘rinni egallaydi. Mirzacho‘l vohasining butun tekislik hududi uning holatini istisno qilganda, tarkibiga ko‘ra o‘rtacha va kuchli minerallashgan sizot suvlariga ega bo‘lib, ular turlicha chuqurlikda yotadi. Bu esa endilikda aniqlanganidek, hududning to‘liq tabiiy drenajning yaxshi emasligi va deyarli hamma joyda irrigatsion o‘zlashtirilishda sun’iy drenaj bilan ta’minlanganligi ta’kidlash lozim. Shunday qilib, Mirzacho‘l vohasi tuproqlari o‘zining agrofizik va agrokimyoviy xossalariga ko‘ra sug‘orish uchun birmuncha qulay hisoblanadi. Biroq Mirzacho‘lning deyarli butun hududi noqulay litologo-gidrogeologik sharoitiga ko‘ra sun’iy drenaj barpo qilinishiga muhtojligini ko‘rish mumkin. Mirzacho‘l vohasining barcha yerlari tuproq-meliorativ sharoitiga va drenaj bilan ta’minlanganligiga ko‘ra asosan 4 toifaga ajratish mumkin. I toifa – eng yaxshi yerlar bo‘lib, gorizontal drenaj bo‘ylama uzunligi 25 pogonometr/ga; bitta vertikal drenaj qudug‘iga 200 gadan ortiq yer to‘g‘ri keladi. Bunday yerlar maydonining ahamiyatiga ko‘ra ularning tavsifiga biz to‘xtalmasak ham bo‘ladi. II toifa – yaxshi yerlar bo‘lib, gorizontal drenaj bilan ta’minlanganligiga 25-55 m/ga ni tashkil etadi; vertikal drenajning bitta qudug‘iga 100 dan 200 ga gacha yerlar to‘g‘ri keladi. Ushbu toifaga Janubiy Mirzacho‘l kanali mintaqasining umumiy maydoni 265 ming ga bo‘lgan markaziy va janubi-g‘arbiy massivlari kiradi. Kirov nomli magistral kanali mintaqasidan Sho‘ro‘zak, Yettisoy va Sardoba botiqlarining istisno qilganda barcha yerlar shu toifadagi yerlarga qaraydi. III toifa – qoniqarli yerlar bo‘lib, gorizontal drenaj bilan ta’minlanganligi 55-80 m/ga ni tashkil etadi, vertikal drenajning bitta qudug‘iga 50 dan 100 gektargacha yerlar to‘g‘ri keladi. Kirov magistral kanali mintaqasidan bu toifadagi yerlarga Sho‘ro‘zak, Yettisoy va Sardoba (uning markaziy qismini istisno qilganda) botiqlari kiradi. Janubiy Mirzacho‘l kanali mintaqasida bunday yerlar deyarli yo‘q. IV toifa – o‘zlshtirishga qiyin yerlar bo‘lib, gorizontal drenajning yapi bo‘ylama uzunligi 80 m/ga dan ortiq bo‘lib, vertikal drenajning bitta qudug‘iga to‘g‘ri keladigan yerlar maydoni 50 ga dan oshmaydi. Shunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilganlardan xulosa qilganimizda Mirzacho‘l vohasi yerlarining ko‘pgina qismi yaxshi yerlar toifasiga, xo‘jalikda o‘zlashtirilishi nuqtai nazaridan qoniqarli yerlar maydoniga ko‘ra ikkinchi o‘rinda turishini hamda foydalanish birmuncha qiyin yerlar Mirzacho‘l vohasida nisbatan unchalik katta emasligini ko‘rishimiz mumkin.   Adabiyotlar
  1. Abdulqosimov A.A. Antropogen landshaftshunoslik va uning tadqiqot predmeti. //Antropogen landshaftshunoslik. Ilmiy maqolalar to‘plami. – Samarqand, 2014. 5-25 b.
  2. Kamilov O.K. Melioratsiya zasolennыx pochv Uzbekistana. -: “Fan”, 1985. S 6-10.
  3. Toshboev Z.M. Mirzacho‘l voha landshaftlarining tarkib topishi // Zamonaviy geografiya va uning rivojlanish istiqbollari. T.: 2011. 49-52 b.
  4. Toshboyev Z.M., Kushmatov B.B., Murodullayev H.H. Anthropogenic landscape types in mirzachol. International Conference on Digital Society, Innovations & Integrations of Life in New Century. 1-3 pp.
  5. Toshboyev Z.M., Yarashev K.S. Formulation and Development of Mirzachul Landscapes. Nature and Science. Volume 18, Number 2. February 25, 2020. Marsland Press. Multidisciplinary Academic Journal Publisher.
  6. Toshboev Z.M. Meliorativno-texnogennыe elementы v struktura oazisnыx landshaftov Mirzachul. Nauch.konf. Ufa, Bashkortostan. Rossiya. 2020. S.143-145
  7. Toshboev Z.M. Mirzacho‘l voha landshaftlarining shakllanishida irrigatsiyaning roli. //Nauka i obrazovanie v sovremennom mire. Vыzovы XXI veka. Mejdunar. nauchno-prakt. jurnal. Nur-Sultan, Kazaxstan. 2020.
  8. 8. Toshboyev Z.M. Relief forms of Mirzachul oasis. ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal. / 10 Issue 11, November 2020 (Double Blind Refereed & Peer Reviewed Journal) Impact Factor: SJIF 2020 = 7.13. p. 5.
  9. Toshboev Z.M. Mirzacho‘l voha landshaftlarining shakllanishi va rivojlanishi. GEOGRAPHY: NATURE AND SOCIETY – SJIFactor.