Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/08/2025
Chop etish
Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida ota-onalar ishtirokida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida yoshlar tarbiyasi va ta’lim-tarbiya jarayonida ota-ona, ustoz hamda jamiyat hamkorligini kuchaytirish masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Mirzacho‘l tumanidagi mas’ul idoralar, Mudofaa ishlari bo‘limi va tuman hokimligi vakillari bilan birga, Jizzax davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi dotsenti va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Ularning tashrifi tadbirga alohida ruh, mazmun va samara bag‘ishladi.

 

Tadbir davomida texnikum faoliyati, bitiruvchilarning yutuqlari va istiqbolli rejalar haqida keng ma’lumot berildi. Ayniqsa, JDPU ustozlari ta’lim-tarbiya jarayonida ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tarbiyalash va ularning kelajakda jamiyatda munosib o‘rin topishida ustoz-ota-ona munosabatining o‘rni haqida atroflicha fikrlarini bildirishdi.Chet tillar o‘qituvchilari, bitiruvchi yoshlar va ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Savol-javoblar jarayonida ota-onalarni qiziqtirgan ko‘plab masalalarga JDPU ustozlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan puxta javoblar berdilar.

Uchrashuv yakunida ta’kidlanishicha, yoshlarni tarbiyalashda ota-ona, ustoz va jamiyat hamkorligi eng muhim omil hisoblanadi. Shu boisdan texnikum o‘z faoliyatida Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, mahalliy davlat tashkilotlari va ota-onalar bilan hamkorlikni izchil davom ettiradi.

Tadbir so‘nggida mehmonlar texnikumda yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy sharoitlar va talabalar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi.


Ulashish:
2 856
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.