Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan ustozlar…

 

Jizzax davlat pedagogika instituti “Madaniyat saroyi” da Chet tillar fakulteti tomonidan tashkillashtirilgan tadbir ana shunday nomlandi. Ustoz va murabbiylarning kamtarona mehnatini qadrlash hamda shu jamoada qariyib qirq yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan dotsent Umirboy Pirnazarovning 70 yoshlik yubileyi to‘yi bilan qutlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda oliygohning professor o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ustoz va murabbiylarning bugungi faoliyatiga to‘xtalib o‘tish bilan bir qatorda ularni kasb bayramlari bilan qutlashdi. Jumladan Jizzax davlat pedagogik instituti rektori professor Abdug‘ani Xolbekov shunday dedi : “ O‘qituvchi qanday inson?…Aslida u qanday bo‘lishi kerak ? keling avvalo shu savolga javob izlaylik. O‘qituvchi –oliy ma’lumoti, yuksak ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, ta’lim va tarbiya jarayoniga rahbarlik qiladigan pedagog –mutaxassisdir. Ular bilimli ma’naviyati yetuk, ulkan qalb egasidirlar. Men ularni bog‘ida anvoyi gullar, turli mevali daraxtlari bilan o‘tgan ketganni jannatiy ifori xushbuy hidi bilan mast qiladigan bog‘ yaratgan bog‘bonga o‘xshataman. Ustozning tarbiyalagan, ilm berib mustaqil hayot yo‘liga kuzatgan o‘quvchilari ana shunday o‘zidan ziyo va nur taratguchi komil inson bo‘lmog‘lari lozim. Men bugun elning bolasiga mana shunday ziyo ulashayotgan barcha ustozlarni, qadrli hamkasblarimni ushbu ajoyib kun bilan tabriklash barobarida o‘zidan yuzlab shogirdlar qoldirgan mehrdaryo ustoz Umirboy Pirnazarovni 70 yoshlik yubiley to‘ylari bilan tabriklayman.Ziyo bog‘ining bog‘boni bo‘lib qolavering, aziz ustoz va murabbiylar.”

Talaba yoshlarnining chiqishlari , ustoz va murabbiylar sharafiga kuylangan kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlar qalbiga zavq bag‘ishladi. Kecha so‘ngida byuayram munosabati bilan “Chet tillar “ fakulteti jamoasining faol o‘qituvchilari va ustoz Umirboy Pirnazarovga Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati