Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/09/2020
Chop etish
Mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan ustozlar .

O‘qituvchi – dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq, qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasbdir.

Ustozlarimiz yoshlarga ilm, bilim berish bilan bir qatorda barkamollik sari yetaklaydilar. Ustoz har bir insonning kelajagi uchun tamal toshini qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham xalqimizning ustoz otangdek ulug‘, degan purhikmat naqlida o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtirom namoyon. Har birimiz qaysi sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga maktabgacha ta’lim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy ta’lim yurtida ham biz ustoz va o‘qituvchilardan saboq olamiz.

 

29 sentabr kuni A. Qodiriy nomidagi  nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida 1 oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 2020 yilda fan doktorlik (DSc) dissertatsiyasini  hamda Falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan  shuningdek  o‘quv yili yakuniga ko‘ra institut professor-o‘qituvchilari faoliyatini 110 ballik baholash tizimida yuqori natijalarga erishgan o‘zining pedagogik va ilmiy salohiyati bilan o‘quv jarayoni sifat va samaradorligini ta’minlashda faollik ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar,  ustoz va murabbiylar  taklif etildilar. Unda so‘zga chiqqan O‘quv ishlari prorektori Botir To‘xtamishev, ta’lim maskanida yoshlarga bilim va tarbiya berayotgan ustoz hamda murabbiylarni kasb bayramlari bilan qutlar ekan, ularning kelgusi ishlarida zafarlar tiladi.

Tadbir so‘ngida yutuqlarga erishgan va faol ustozlar  faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

                             Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
2 097
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...