Xoliqov Farxod Karamatullo o’g’li
550-21 guruh talabasi Akramov Firdavs Olloyor
o’g’li
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O‘zbekiston, jizzax
Elektron pochta
farxodxoliqov77@gmail.com
Kalit so`zlar: Sport, milliy harakatli o`yinlar, jismonan baquvvat, sog`lom, ko`nikma, malaka, bilimli, mard, jasur, sog’lom millat, sog’lom avlod.
Sog’lom naslni, jismonan baquvvat, shu bilan birga ruxi, fikri toza, iymon e’tiqodi butun, bilimi, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni kamolga yetkazish ajdodlarimizdan bizga qolgan meros. Qon –qonimizga singib ketgan muqaddas intilishdir. Zero, buyuk davlatni faqat sog’lom millat, sog’lom avlodgina qura oladi.
Milliy harakatli o’yinlar, sport turlari ham xalq qadryatlariga daxldor bo’lib sog’lom avlodni tarbiyalash yo’lidagi muhim va zaruriy vazifalardan biridir. Sog’lom avlodni shakllantirish va tarbiyalashning rang-barang yo’l-yo’riqlari, usul va metodlari mavjud bo’lib, uning omillari ham ko’p. Ayniqsa bolalarning bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etish, badantarbiyasi va sport bilan shug’ullantirish, turli-tuman milliy harakatli o’yinlarni o’rgatish muhimdir. Bola tarbiyasini bu tomoni ham davlat ahamiyatiga molik masaladir. Prezidentimiz shu muammoni davr talabi asosida hal qilishga alohida e’tibor berib, bolalarning bo’sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan milliy sport o’yinlari haqida ma’lumot yig’ish , ularni boyitish va shular asosida yoshlarimiz o’rtasida keng tashviqot olib borish dolzarb masalalardan biri ekani haqida fikrini ilgari surdi. Chunki milliy harakatli o’yinlar ham xalq qadiryatlariga dahldor bo’lib, ularni boyitish sog’lom avlodni tarbiyalash yo’lidagi muhim va zaruriy vazifalardan biridir.
Milliy harakatli o’yinlarining pedagogik–psixologik va jismoniy jihatdan tarbiyaviy ahamiyati katta. Milliy xalq harakatli o’yinlaridan “Quvlashmachoq” o’yinini oladigan bo’lsak, bu o’yin bolalarda qat’iyatlilik ko’nikmalarini hosil qilish, sabr chidamga o’rgatish,topqirlik ko’nikmalarini shakllantiradi.O’zbek xalq harakatli o’yinlaridan “chillak” o’yinini o’tloq va sport maydonchasida o’tkaziladi. Bu o’yinni o’ynashda bolalarning yosh xususiyatlariga etibor berish, bolalarning bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etishga yo’naltirish lozim.
“Ko’z boylash” xalq harakatli o’yinida bolalarning ko’proq psixologik hissiyotlari yanada mustahkamlanadi. “Oq terakmi ko’k terak” milliy harakatli o’yinida bolalar jamoa uchun harakat qilishi lozim. Bu o’yinlarning barchasi tabiat qo’ynida, toza havoda va qish faslida tashkil etiladi. Bu harakatli o’yinlar bolalarni nafas olish tizimining ish faolyatini yaxshilaydi, qon aylanish sistemasini mustahkamlaydi. Bolalarning harakat organlari yaxshi rivojlanadi , qaddi-qomati chiroyli bo’lib o’sadi. Xalqimiz bejizga aytmagan “sog’ tanda sog’lom aql”- deb.
Bolalar uchun xonada yoki sayr qilish chog’ida o’tkaziladigan harakatli o’yinlar va mashqlar ularning harakat faolyatini oshiradi, o’rganib o’zlashtirganini mustahkamlashga zamin yaratadi va eng muhimi tarbiyalanuvchilar sog’ligini yaxshilaydi. Milliy harakakatli o’yinlar bolalar xotirasi, fikirlash qobilyatining rivojlanishida muhim o’rin tutadi. O’yinda ro’y bergan vaziyatga qarab darhol tegishli javob harakatini amalga oshirish yutuq va mag’lubiyatga olib keladi. Bu xayotda ziyraklik va tezkorlik bilan aniq javob qaytarishga o’rgatadi. Milliy o’yinlarning 3-4 yoshdan boshlab shug’ullanishi mumkinligini nazarda tutilsa, o’yinlar orqali yoshlarni har tomonlama kamolotiga buning ta’siri qanchalik erta boshlanishini ko’ishimiz mumkin.
Bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishi uchun gigeyenik sharoit yaratish bolalar hayotining ilmiy asoslangan rejimini albatta bajarish zarur. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining nazorati, zaruriy profilaktik va davolash ishlarini olib borishi talab etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari bolalarning erkin harakat qilishi va sof havo bilan nafas olish imkonini beradigan darajada katta, yorug’,quruq va issiq, derazalari janubiy sharqqa qaragan bo’lishi kerak. Guruh xonasining balandligi 3-3.5 sm bo’lib, xar bir bolaga bino sathidan 25kb.m joy, taxminan 8 kyb m xavo to’g’ri kelishi; xona bezagi gigeyenaga xos tez toza bo’ladigan, yoqimli, yumshoq rangda bo’lishi kerak. Guruhda tartib bo’lishiga rioya qilish zarur.Xonada yorug’likni to’sadgan og’ir va qalin pardalar, gilamlar, yumshoq mebellar, umuman ortiqcha narsalar bo’lmasligi kerak. Hamma jihozlar ta’lim–tarbiya talabiga, bolalarning bo’yi va gavda tuzilishiga mos bo’lishi va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qo’yilgan maxsus normaga javob berish lozim.
Bolalarning stol, stullari ancha mustahkam va yengil, tuzilishi sodda hamda oson yuviladigan bo’lishi kerak. Stollar yorug’lik chap tomondan tushadigan qilib joylashtirilishi lozim. O’yinchoq va ko’rgazmali qurollar ham gigeyenik talablarga javob beradigan, pishiq, zararsiz rangda, tashqi ko’rinishi silliq bo’lishi kerak.
Har bir yosh guruhi uchun ajratilgan alohida maydoncha bo’lishi kerak. Maydoncha bolalarning harakatlarini rivojlantirish uchun qum , suv, qurilish materiallari bilan o’ynaladigan o’yinlar uchun, ijodiy o’yinlar va turli o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar uchun joy ajratiladi.
Maydonchada harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar:tirmashib chiqish uchun devorchalar, muvozanat saqlash mashqlari uchun xoda, tepalik, sakrash,uloqtirish mashqlari uchun kerakli jihozlar bo’lishi kerak. Bularning hammasi bolalarning yoshi va kuchiga mos, pishiq, mustahkam, chiroyli bo’lishi zarur. Yomg’ir va quyoshdan saqlanish uchun yopiq ayvonlar bo’ladi. Maydoncha har doim ozoda toza ,tartibli bo’lishi zarur. Boqcha maydonchasi o’rindiqlar, o’ynash uchun zarur bo’lgan o’yinchoqlar, qum yashshiklari, har xil kema, samaolyot maketlari ,narvonchalar bilan jihozlangan bo’ladi. Qishki vaqtlarda qor tepacha, yaxlatilgan yo’lchalar, qor inshootlari, yaxmalak qurish lozim.
Nonushta, tushki ovqat, kechki ovqat osoyishta vaziyatda o’tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaxa bilan o’tirsa, uning organizmida ovqatning yaxshi xazm bo’lishiga yordam beruvchi shart – sharoitlar xosil bo’ladi. Yaxshi ishtaha bolalarga mustaqillikni, madaniy – gigeyenik malakalarni, stol atrofida o’zini to’g’ri tutib o’tirish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi bolalarni yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo’lishini taminlash muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar keragidan ortiq, bazilari keragidan kam ovqat yeyishlari mumkin. Shuning uchun bolaga ovqat normasini ularning yoshiga qarab berish lozim. Ammo bolani taomni oxirigacha yeyishga majbur qilish kerak emas, majbur etish har doim ovqatdan oladigan lazzatlanishni kamaytiradi, uni hazm qilishni qiyinlashtiradi, ba’zan bola ovqatdan butunlay voz kechishi mumkin.
Hozirgi kunda bolalarni ovqatlantirishni tabaqalashga zaruriyat tug’ulmoqda ,ya’ni semirishga moyilligi bor va eti bo’yiga mos kelmaydigan bolalarga nisbatan shunday qilish lozim. Bolalarni ilk yoshidan boshlab ovqatni mustaqil yeyishga o’rgatish ularda ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy munosabatni uyg’otishga yordam beradi. Ikkinchi yoshning boshidan qoshiqdan foydalanishga o’rgatish , to’rtinchi yoshdan sanchqidan , beshinchi yoshda pichoqdan foydalanish malakalarini tarbiyalab borish lozim. Bundan tashqari, bolalarda ovqat yeyishdan oldin qo’lini yuvish, tartibli yeb –ichish, chappillatmay, tovushsiz chaynash va ichish, to’g’ri o’tirish, ovqat uchun tashakkur bildirish,ovqatdan keyin og’izni chayqash kabi madaniy–gigeyenik malakalarni ham tarbiyalab boradi. Bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashdagi muhim vazifa asab sistemasining gigeyenasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya katta yarimsharlarining normal ishlashi uchun zarur bo’lgan kuch quvvatni tiklaydi.Bola yaxshi uxlasa tetik, quvnoq bo’lib uyg’onadi. Bolalarda madaniy-gigeyenik malakalarni tarbiyalash bolalar organizmining jismoniy rivojlanishda muhim vositadir, bu bolaning madaniy xulqini yaxshilaydi hamda tartibga soladi. Bular umumiy gigeyenik ahamyatga ega bo’lib, bolalarning sog’ligini mustahkamlashga ta’sir etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
- Usmonxo’jayev T.S, Meliyev X.Milliy harakatli o’yinlar. T.2000.
1.Т.С.Усмонхўжаев., А.А.Пулатов., Ш.А.Пулатов., Д.Х.Абдуллаев. «Теория и практика национальных подвижных игр». Ташкент 2014.
- Каримжон Рахимкулов. «Национальные подвижные игры».изд. «Тафаккур Бустони». Ташкент 2012.
- Энциклопедический словарь по физической культуре и спорту. Том 3 Гл. ред.- Г. И. Кукушкин. М., Физкультура и спорт.