Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Maktab kimyo darslarida tabiiy fanlar integratsiyasi

Rahmonova U.T.- Kimyo va uni o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Yo’lchiyeva Nodira Ravshan qizi -Talaba raxmonova4302@gmail.com.+998.91.199.61.14 Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Annotatsiya:Ushbu maqola fanlararo integratsiyalashuv PISA tadqiqot doirasida foydalanilgan materiallar asosida yoritilgan bo’lib,unda PISA xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati,tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlikni baholash yo’nalishiga oid asosiy tushunchalar,topshiriqlar,ularning tavsifi va yechimi bo’yicha tavsiyalar keltirilgan. Kalit so’zlar:Integratsiyalashuv,PISA,barkamol shaxs,tabiiy fanlar sikli,innovatsion metodlar,savodxonlik,liderlik,amaliy ko’nikma. Аннотация: Данная статья основана на материалах, использованных в рамках исследования PISA по междисциплинарной интеграции, содержит содержание международного исследования PISA, основные понятия и задачи, связанные с направлением оценки грамотности в естественных науках, их описание и решения.Ключевые слова: Интеграция, PISA, всесторонне развитая личность, цикл естественных наук, инновационные методы, грамотность, лидерство, практические навыки.Abstract: This article is based on the materials used in the framework of the PISA research on interdisciplinary integration, it contains the content of the international PISA study, the main concepts and tasks related to the direction of literacy assessment in natural sciences, their description and solutions.Key words: Integration, PISA, well-rounded person, cycle of natural sciences, innovative methods, literacy, leadership, practical skills.   Maktabda o’qitishning asosiy vazifasi kelajakda barkamol shaxsni shakllantirishdir. O’quvchilarning barkamol shaxs bo’lib shakllanishi uchun o’rta maktab kursida atrofdagi dunyoda ro’y  berayotgan jarayonlarni o’rganishda yaxlit yondashuv asoslarini yaratish kerak. Maktab kursida fanlararo integratsiyalashuvini o’rnatish, bilimlarni yanada to’liqroq o’zlashtirishga,ilmiy tushunchalar,qonuniyatlarni,o’quv jarayonini takomillashtirish va dunyoqarashni shakllantirishga,tabiat va jamiyatdagi hodisalar o’rtasidagi munosabatlarni tushunishga yordam beradi.Bu juda katta ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega.Hozirgi  sharoitda integratsiya zamonaviy yangi tus olmoqda.Uning ahamiyati maktabga,jamiyatning ijtimoiy tartibiga qo’yiladigan yangi talablardan kelib chiqadi. Ta’limni yangilash,ta’limni tashkil etishning noan’anaviy usullari va shakllarini,shu jumladan integratsiyalashgan usullarini qo’llashni talab qiladi.Buning natijasida o’quvchilar dunyoni yaxlit tasavvur qilishadi va bu juda muhim bo’lib ta’limga qaratilgan yondashuv hisoblanadi.Integratsiyani nafaqat fanlardagi o’zaro bog’liqlik nuqtai nazaridan,balki texnologiya,o’qitish usullari  va shakllari integratsiyasi sifatida ko’rib chiqish kerak.Integratsiyalashgan dars bu bitta tushunchani ,mavzuni yoki hodisani o’rganayotganda bir vaqtning o’zida bir nechta fanlar bo’yicha mashg’ulotlarni birlashtirgan maxsus dars turi hisoblanadi.Integratsiyalashgan dars zamonaviy uslublarning yangiliklaridan biri bo’lib,u maktab o’quv dasturlarini bog’lash va shu yo’l bilan bilimlarning hayotning haqiqiy talablari bilan bog’likligini yanada mustahkamlash usullaridan biridir. Ta’lim tizimida turli fanlarning o’quv materiallari bilan aloqa o’rnatmasdan har qanday mavzuni mazmunli tushuntirish mumkin emas.Kimyo uchun bu tabiiy fanlar siklining predmetlari:fizika,geografiya,biologiya,ekologiya,hayot xavfsizligi va boshqalar.Kimyo kursining mazmuni va boshqa fanlar materiallarining integratsiyasi o’qituvchiga maktabda fanlarni o’qitish muammolarini samarali hal qilishga imkon beradi.Integratsiyalashgan darslar juda muhim ahamiyatga va afzalliklarga ega hisoblanadi.Chunki ular nafaqat o’quvchilarga dunyoni yaxlit tasavvur qilishni shakllantirishga imkon beradigan umumiy ta’lim vazifalarini hal qilishga imkon beradi. Integratsiyalashgan darslarda turli xil texnologiyalar,metodlar,shakllardan samarali foydalanish imkoniyati ta’lim tizimida yana bir muhim muammoni hal qilishga imkon beradi.Yani o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish bilan birgalikda,ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini ham amalga oshirishga imkon beradi. PISA-hozirgi kunda dunyo ta’lim tizimining eng asosiy innovatsion metodlaridan biri hisoblanib,juda murakkab ko’rinsada,lekin uni alohida tahlil qiladigan bo’lsak,sodda va aniq ekanligini ko’rishimiz mumkin.PISA (inglizcha Programme for International Student Assessment- xalqaro talabalarni baholash dasturi)- turli davlatlarda 15 yoshli o’quvchilarning savodxonligini (o’qish,matematika,tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo’llash qobiliyatini baholovchi dastur. PISA asosiy yo’nalishlari: -O’qish savodxonligi:Insonning matn shaklida berilgan ma’lumotlarni tushuna olishi va ularga reaksiya bera olish ko’nikmasi,jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida o’qigan ma’lumotlaridan o’z maqsadlari yo’lida foydalana olish,bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati. -Matematik savodxonlik:Insonning matematikaning o’zi yashayotgan olamdagi o’rnini bilishi,matematik jarayonlarni to’g’ri va to’liq asoslay olishini tekshiradi.Shaxsning matematikadan yaratuvchang,qiqiquvchang va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga bo’lgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini ta’minlash bu bo’limning asosiy maqsadidir. -Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi:Hayotiy xodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin bo’lgan muammolarni aniqlash,kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi.Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushunish va inson faoliyati natijasida unda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni anglab yetish,shunga ko’ra kerakli qarorlar qabul qila olish ko’nikmasini rivojlantira olish bu bo’limning asosiy maqsadidir. Hech kimga sir emaski,ko’plab fan tarmoqlarida katta yutuqlarga erishish uchun o’zlashtiriladigan turli sohalardagi bilimlarning integratsiyasi talab etiladi.Lekin bunga o’quvchilarni qanday qilib tayyorlashimiz mumkin,chunki maktab darslari orasidagi bog’liqlikni ko’rish juda murakkabdir.Aynan shunday muammolarni hal qilishda PISA yordam beradi.Fanlarni kundalik hayot bilan bog’liqligini ko’rsatishdan tashqari,o’quvchilarning ijodkorligini ham ko’rsatib berishi mumkin.Ushbu yondashuv o’quvchilarning faoliyatiga bir qancha vazifalarni taqdim etadi,o’quvchi ularni hal qilishda ijodkorligini namoyon qilishni o’rganadi.Bunday vazifalar yordamida o’quvchi g’oyalarni nafaqat o’ylab topadi,balki ularni kundalik hayotida amalga oshirishni ham o’rganadi.Shu tariqa o’quvchi o’z faoliyatini oldiga qo’ygan vazifalarni va mavjud imkoniyatlari doirasida hal qilishga o’rganadi.PISA yondashuv tufayli o’quvchilar tabiatni tushunib,dunyoni muntazam o’rganishadi va shu bilan qiziqishlarini,fikrlash uslubini tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini,jaoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va yondashuvining liderlik,o’z-o’zini namoyon qilish asoslarini o’rganishda,o’z navbatida,o’quvchilar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi.PISA yondashuvining asosiy g’oyasi,amaliyot nazariy bilim kabi juda muhimdir.O’rganish vaqtida biz nafaqat miya,balki qo’llarimiz bilan ham ishlashimiz kerak.PISA nafaqat o’rganish metodi,balki fikrlash usuli hamdir.Fanlararo integratsiya yondashuviga asoslangan o’qituvchi va o’quvchining hamkorlikda faoliyati hisoblanadi.Bu jarayonda o’quvchi va o’qituvchi ijodiy fikr yuritadi.Ya’ni,qo’yilgan muammo va savollarga javob topish uchun izlanishga majbur qiladi,hamkorlik ko’nikmalarini shakllantiradi,inson tomonidan yaratilgan ob’yekt va hodisalarga asoslanib amalga oshiriladi. Ushbu ta’lim yondashuvi o’quvchilarga nazariy va amaliy ko’nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va oily ta’limda o’qishni yanada osonlashtiradi,o’z g’oyalarini haqiqatga aylantirish va yakuniy mahoratni yaratishni rag’batlantiradi. Butun ta’lim-tarbiya jarayonida tabiiy va aniq fanlarni boshqa fanlar bilan integratsiyalab,ya’ni bir butun qilib o’qitish maqsadga muvofiq bo’ladi.Muammoli-ijodiy vazifalardan foydalanish nafaqat kimyo fanlarning individual sifatlarini shakllantirishdagi rolini aniqlashga imkon beradi,balki nafaqat kimyo,balki biologiya,geografiya,fizika va boshqa fanlar bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.”O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risidagi” PF-4947 son farmoni 2017 yil 2.Umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.2017 yil 6 aprel.187-son. 3.Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori.2017 yil 15 mart.140-son. 4.Akbarova M.Biologiya va ekologiya o’qitish uslubiyoti fanidan amaliy mashg’ulotlar.Farg’ona-2011 yil.38 bet. 5.G’opirov,Asqarov A.9- sinf uchun darslik,T,2007-yil. 6.Xalqaro tadqiqotlarda o’quvchilarning tabiiy fanlar bo’yicha savodxonligini baholash.(Tabiiy yo’nalishdagi fan o’qituvchilari,metodistlari va soha mutaxassislari uchun metodik qo’llanma).T.2019 yil.