Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/11/2024
Chop etish
“Kitob mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi.
“Kitob mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichini tanlov  “Bilimdon kitobxon” , “Annotatsiya mahorati”, “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish” shartlar asosida o‘tkazildi.

O‘tkazilgan uch shart natijalari Hakamlar hay’ati tomonidan umumlashtirilib yakuniy baholar e’lon qilindi. Natijalarga ko‘ra  1-o‘rin Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi Qironboyeva Anisaga  2-o‘rin , Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi  Iskandarova Farangizga 3-o‘rin Jizzax politexnika universiteti talabasi  Hakimov Ma’rufga nasib etdi.

G‘oliblar 1-2-3-darajali diplomlar bilan taqdirlandilar. A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi Qironboyeva Anisa g‘olib deb e’lon qilindi. G’olib talaba Qironboyeva Anisa “Kitob mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


Ulashish:
742
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...