Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/02/2026
Chop etish
Kengash yig‘ilishida Marlen Zoidovich Djelyalovning yangi lavozimga tayinlangani e’lon qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga muvofiq, Djelyalov Marlen Zoidovich Jizzax shahridagi “Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi filialining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ijrochi direktorning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi sifatida tayinlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan kengash yig‘ilishi Marlen Zoidovichning kuzatuv marosimi bilan boshlandi. Universitet rektori Yuldashev Maksudjan Abdullayevich Marlen Zoidovichga yangi vazifasida muvaffaqiyat va faoliyatda omad tiladi.

O‘z navbatida, Marlen Zoidovich kengash a’zolari va universitet jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildirib, hurmat va ishonch uchun rahmat aytdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi Marlen Zoidovichga yangi vazifasida muvaffaqiyatlar va yuksak natijalar tilaydi.


Ulashish:
2 263
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...