Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/10/2025
Chop etish
“Keksalarga hurmat — yoshlarga ibrat” shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi RQ–167-sonli “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda BMT Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq, har yili 1 oktyabr — “Xalqaro keksalar kuni” sifatida, oktyabr oyining birinchi haftasi esa “Keksalar haftaligi” sifatida mamlakatimizda keng nishonlanadi.

Shu munosabat bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida ham “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish, “Keksalarga hurmat — yoshlarga ibrat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish maqsadida bir qator ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 6–7 oktyabr kunlari universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sportning “Shaxmat” va “Shashka” turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar faollik, topqirlik va do‘stona ruhni namoyon etdilar. Tadbir nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, balki mehnat faoliyati davomida universitet taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan nuroniy ustozlarning tajribasini yoshlarga namuna sifatida ko‘rsatishga xizmat qildi.

Ushbu tadbirlar keksalarga bo‘lgan chuqur hurmat va minnatdorlik ifodasi bo‘lib, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Ulashish:
1 169
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.