Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/07/2025
Chop etish
Jizzaxda test sinovlari boshlandi: Olimpiya va Paraolimpiya markazi abituriyentlar va ota-onalar bilan gavjum.

Joriy yilning 14-iyul kuni Jizzax Olimpiya va Paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududida abituriyentlar uchun test sinovlari boshlandi. Erta tongdan boshlab markaz hududi sinovga kelgan yoshlar va ularning ota-onalari bilan gavjum bo‘ldi.

Imtihonlarga kechikmasdan yetib kelish uchun soat 7:00 gacha abituriyentlar markazda to‘plandi. Soat 7:30 ga kelib, barcha ishtirokchilar test sinovlari o‘tkaziladigan binolarga kirib o‘tirishdi. Ota-onalar esa ular uchun maxsus tashkil etilgan kutish joylariga joylashtirildi.

Abituriyentlarning sinov jarayonini monitor va mobil qurilmalar orqali kuzatib turgan ota-onalarning hayajonini yumshatish, ruhiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakultetining badiiy jamoasi tomonidan musiqiy dastur tashkil etildi. Chiqishlar ota-onalarda iliq taassurot qoldirdi va ularning kayfiyatini ko‘tardi.

Ushbu jarayonni samarali va tizimli tashkil etish maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari va tyutorlari tomonidan kun davomida navbatchilik ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ular tomonidan abituriyentlarga yo‘nalish berish, psixologik qo‘llab-quvvatlash va tashkiliy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda.

Test sinovlari yuksak saviyada, shaffof va oshkora tarzda tashkil etilishi, har bir abituriyentga teng sharoitlar yaratilishi universitetimiz jamoasi uchun doimiy ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.


Ulashish:
15 362
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.