Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/10/2022
Chop etish
Jizzaxda “Brooke House College Futball Akademy” futbol maktabi murabbiylari navbatdagi mahorat darslarini o‘tkazishdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Angliyaning «Brooke House College » fudbol akademiyasining  murabbiy-treneri  Garrison Vard ishtirokida talabalar va oʻquvchilar uchun navbatdagi  mahorat darslari tashkil etildi.

Toshkentda Angliya metodikasi asosida yosh futbolchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan  “Brooke House College Futball Akademy”  nomidagi birinchi futbol maktabi ochilganidan ko‘pchilikning xabari bor bo‘lsa kerak. Ta’kidlash joiz Yevropa standartlari asosida yosh futbolchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan ushbu loyiha O‘zbekistonda yuqori darajali futbolchilar tayyorlash tizimiga muhim hissa qo‘shadi. Shu o‘rinda  akademiya haqida qisqacha ma’lumot:

«Brooke house college» akademiyasi Londondan 1 soat uzoqlikda joylashgan bo‘lib u hususiy va mustaqil tashkilotdir. Ayni paytda akademiyada 140ga yaqin shug’ullanuvchilar mavjud.. Akademiya yosh futbolchining rivojlanishiga xizmat qiladi. O’qish, ovqatlanish, mashg’ulot o’tkazish hammasi ichida. Ta’kidlash joiz ushbu akademiyani tugatgan ko‘pgina bitiruvchilar bugun dunyoning professional jamoalarida to‘p surishmoqda.

Xabaringiz bor o‘tgan 2021 yilda Ushbu futbol maktabining  Toshkentdagi filiali ijrochi direktori Shuhrat Ernazarov boshchiligida Angliyalik murabbiy Tony Mccallen Jizzaxga tashrif buyurishgan edi. Tashrif davomida angliyalik murabbiyuniversitetda bo‘lib, yosh futbolchilarga mahorat darslari ham o‘tgan edi. Bu galgi mahoarat darslari  esa «Brooke House College » fudbol akademiyasining  murabbiy-treneri Garrison Vard   ishtiriokida  bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli suhbatga boy bo‘lgan uchrashuv va mahorat darslari davomida angliyalik mutaxassislar yosh futbolchilarga kerakli texnik ko‘rsatmalar berish bilan bir qatorda iqtidorni yuzaga chiqarish uchun muhim tavsiyalarni ham berishdi.

 

 

 

 

 


Ulashish:
1 429
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.