Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JIZZAX VILOYATIDA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

g.f.f.d (PhD) Usmanov Mashrab Rustamovich[1] Jizzax davlat pedagogika universiteti E-mail: mashrabusmonov79@gmail.com Kalit so‘zlar: Mazkur maqolada Jizzax viloyatining ekolologik turizmini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, viloyatda ekoturizm, ekosayohat, ekomarshrut hamda muhofaza etiladigan hududlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Ekoturizm, ekosayohat, madaniy me’ros, ekomadaniyat, ziyoratgoh joylar, qo‘riqxona, mahalliy turizm.   ВОЗМОЖНОСТИ РАЗВИТИЯ ЭКОТУРИЗМА В ДЖИЗАКСКОЙ ОБЛАСТИ Аннотация: Данная статъя посвящена задачом развития экологического туризма, приведена сведения об экотуризме, экопутешествии, экомаршруте, а также об охраняемых территориях области. Ключевые слова: экотуризм, экопутешествие, кулътурное наследие, экокулътура, места паломничества, заповедники, местный туризм.   OPPORTUNITIES TO DEVELOP ECOTOURISM IN JIZZAK REGION Annotation: This article is devoted to the issues of development of ecotourism in Djizak and provided with information about ecologieal tourism, travel, route and districts that are protected by government. Key words: Ecotourism, ecotravel, cultural heritage, ecological culture, the places for piligramage, reserves, local tourism. Kirish. Ma’lumki hozirgi kunda ekoturizmga faqatgina ilm fan, madaniyat, tabiat muhofazasi yo‘nalishlarini rivojlantiruvchi soha balki, dunyo ekoturistlarini ona tabiatimizga jalb qilish orqali mahalliy aholining turmush tarzini yaxshilashga, ularni ish bilan ta’minlashga, hamda yoshlarimizning ongida yashab turgan muhitiga nisbatan iftixor tuyg‘usining shakllantirishga va ularning milliy g‘ururining o‘sishiga olib keluvchi alohida bir yo‘nalish sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “…turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rishimiz lozim. Bizda turizm ko‘pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qo‘riqxonalar, tog‘li xududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi. 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish milliy konsepsiyasini ishlab chiqish va shu asosda 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyolar soni 7 million nafarga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard AQSh dollariga yetkazish lozim” – deb vazifa berilganligini keltirib o‘tish mumkin. Ekoturizm uchun O‘zbekistonning yangi resurslari bu-vatanimizning tekislik, tog‘ va suv havzalaridir. Jizzax viloyati ekoturizm imkoniyatlari jihatdan nafaqat O‘zbekistonda, balki, Markaziy Osiyoda yetakchi ekoturistik mintaqalardan biridir. Viloyatda turizmning ko‘plab turlari, xususan tarixiy, arxitektura va arxeologik obidalar, tarixiy rekratsiya maqsadlari, diniy qadamjolar, ziyoratgoh joylar hamda o‘ziga xos madaniy-etnografik an’analari mintaqa turizm xazinasi hisoblanadi. Ammo hozirgi kunga qadar viloyatlarning aksariyat tumanlaridagi turistik imkoniyatlardan foydalanilmayabdi. Buning uchun mintaqa turizm geografiyasini keng ko‘lamli o‘rganish, hamda aniq mezonlarni ishlab chiqishilishi lozimdir. Asosiy qism. Jizzax viloyati ekoturizm imkoniyatlari jihatdan nafaqat O‘zbekistonda, balki, Markaziy Osiyoda yetakchi turistik mintaqalardan biridir. Jizzax vohasining o‘ziga xos so‘lim va betakror tabiati, shuningdek xalqimizning ko‘hna tarixi, bilan alohida o‘rinda turuvchi Baxmal, Zomin, Forish, G‘allaorol, Yangiobod tumanlari hududlarida dunyo turistlarini ekoturizm bo‘yicha jalb etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Butun dunyo miqyosida keyingi yillarda ekoturizm sayyohlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Butun turizm ulushida ekoturizmdan keladigan daromad 12% dan oshib ketdi. Buning asosiy sabablaridan biri tabiatga sayohat inson uchun huzr-halovat bag‘ishlaydi. Shuning uchun ham jahon turizm industriyasida tabiat ob’ektlariga sayohat qilishga talab kundan-kunga oshib bormoqda. Ekoturizm bu tabiat tomonidan yaratilgan mo‘jizalar, qoyalar, sharsharalar, buloqlar, ko‘llar, g‘orlar, noyob o‘simliklar, o‘rmonlar va xatto tabiatda insonlar tomonidan qoldirilgan qadimiy yodgorliklar mavjud bo‘lgan ob’ektlarni kiritish mumkin. Ekosayohatlar o‘ziga xos zavq bersa, boshqa tomondan foyda olish uchun imkoniyat yaratiladi, xorijiy valyuta tushumini oshiradi, infrastruktura rivojlanadi hamda ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Viloyat ekoturizmni hududiy tashkil etish va rivojlantirish uchun bizningcha, quyidagi yo‘nalishlarda istiqbolli marshrutlar ishlab chiqish tasnifini tavsiya etamiz: -tekislik ekomarshrut (Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi atrofi-Jizzax-Aydar-Arnasoy ekomarshruti); -tog‘oldi hudud (chashmalar, g‘orlar –Jizzax-Forish, Jizzax-G‘allaorol ekomarshruti); -tog‘li hudud (qo‘riqxonalar va milliy bog‘, Baxmal va Zomin, Nurota-Jizzax-Baxmal-Zomin, Jizzax-Nurota ekomarshrutlari) va boshqalar. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat va buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari, o‘rmon xo‘jaliklari, ovchilik xo‘jaliklari, kurort zonalar alohida toifalarga bo‘lingan. Ular o‘zining noyob ekotizimi, hayvonot va nabotot olami, shuningdek, madaniy yodgorliklari bilan muhim ahamiyatga ega. Jizzax viloyatida  427 ta madaniy meros ob’ektlari davlat muhofazasiga olingan. Ularning 100 tasi tarixiy obida ziyoratgoh, 268 tasi ekologik  manzil, 59 tasi monumental yodgorliklar sifatida asrab – avaylanadi. Bularning barchasini ekoturistik manzil sifatida qayta ko‘rib chiqish va ta’mirlash ishlarini olib borish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Viloyat hududida Zomin davlat qo‘riqxonasi, Nurota davlat qo‘riqxonasi, Zomin milliy bog‘i joylashganligi ekoturizm istiqbolida ahamiyatlidir. Ekoturizm o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra shaxslarning turg‘un yashab turgan joylaridan ma’lum bir maqsadlarni (to‘g‘rirog‘i ekologik) ko‘zlagan holda o‘zga tabiiy ob’ektga (joy va makonga) qilgan sayohatlari. Kishilarning tirik organizmlar (jumladan  insonlar) yashaydigan muhitga sayohat qilishlari ya’ni shaxslarning doimiy yashash joylaridan dam olish, sport bilan shug‘ullanish, sog‘lomlashtirish, ma’rifiy-ma’naviy (umumtarbiyaviy) ishlarni amalga oshirish yoki boshqa maqsadlarni ko‘zlagan holda atrof tabiatga yoki muayyan tabiiy obektlarga ekologik maqsadlardagi sayohatdir. Viloyat turizmining kuchli tomonlari: Viloyatdagi tabiiy manzillarda ekologik toza va tabiatga o‘ta yaqin dam olish turini tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘lib, bugungi kunning dolzarb masalalaridan xisoblanadi. Inson organizmini sog‘lomlashtirirish xususiyatiga ega joylarning ko‘p ekanligi, biologik, ekologik, tarixiy-madaniy tomondan yaxshi o‘rganilgan milliy tabiiy xalq bog‘ining mavjudligi, xalq bog‘i va davlat qo‘riqxonalarining xududida o‘ziga xos tabiiy, tarixiy va madaniy turistik manzillarning mavjudligi, Maxalliy va xududiy rahbarlar tomonidan turizmning qo‘llab quvvatalanayotganligi hamda aholining turizm soxasi kelajagiga ishonchi borligidadir. Imkoniyatlar: Infrastrukturani shakillantirish uchun ma’sul, barcha javobgarlikni zimmasiga oluvchi tashkilotni shakillantirish mumkinligi, turizimga mutaxasislik nuqtai nazardan yondashuvchi organning shakllanayotganligi, mehmondo‘stlik va tashrif buyuruvchilarga yuqori malakali xizmat ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi, Mahalliy aholining rahbariyat va turistik ma’sullar bilan birgalikda ishlashi hamda mahalliy aholi va alohida qo‘riqlanadigan tabiiy xududlar xodimlarining turistlarga xizmat ko‘rsatish yuzasidan kam darajada bo‘lsada bilim va ko‘nikmaga ega ekanligi xamda to‘la o‘rganishga harakat qilinayotganligi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda turizmni rivojlantirish mumkin bo‘lgan xududlarda viloyat sayyohat boshqarmasi bo‘limlarini tashkil etish kerak. Viloyat tumanlaridagi sayyoxlik bo‘limlariga rivojlangan mamlakatlarning turizm bo‘yicha volontyorlarini taklif etish lozim, viloyat sayyohlik  bo‘limi va alohida qo‘riqlanadigan xududlari xodimlarining turizm yo‘nalishida rivojlangan mamlaktalarga malaka oshirishga borishlarini tashkil etish maqsadga muvofiq. Viloyat turizmining moddiy bazasini yaratish va turistik manzillarni rekonstruksiya qilish, turmarshrutlarni ishlab chiqish va reklama qilish uchun yetarli mablag‘ jamg‘arish maqsadida viloyatdagi mavjud korxona va tashkilotlar, kasaba uyushmalari tomonidan jamg‘armalarini tashkil etish lozim. Shu bilan birga viloyatda ekoturizmni rivojlantirish uchun quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim: – mintaqada turizmni tashkil etish va rivojlantirishning o‘ziga xos “brendi” hisoblangan Jizzax ekoturizmi milliy modelini ishlab chiqish; – mavjud ekoturistik marshrutlarni turistik rayonlashtirish; – har bir tuman ekoturistik salohiyati geografik tahlil etish; – ekoturizm bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni kuchaytirish; – mahalliy va xalqaro turistik marshrutlarni hududiy tashkil etishda turizm rivojlangan xorij tajribasini qo‘llash va boshqalar. Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Rustamovich, U. M. (2021). AYDAR-ARNASOY KO’LLAR TIZIMIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRIShNING GEOGRAFIK JIHATLARI. Журнал yeстественных наук3(5), 297-301.
  2. Usmanov, M. R. (2021). The Prospective Of The Development Of Ecotourism In Jizzakh Region.Journal of Geography and Natural Resources,1(01), 8-10.
  3. Lapasovich, M. O., Nematovich, N. O., Yakubovich, Z. B., Rustamovich, U. M., & Tolipov, F. (2020). HISTORICAL AND ETHNOGRAPHIC CHARACTERISTICS AND SOCIO-SPIRITUAL FACTORS OF VISITING TOURISM IN UZBEKISTAN. Journal of Critical Reviews, 7(6), 47-50.
  4. Komilova, N. K. (2021). TOURIST DESTINATION AS AN OBJECT OF RESEARCH OF SOCIAL AND ECONOMIC GEOGRAPHY.Psychology and Education Journal,58(1), 2058-2067.
  5. Komilova, N. K., Matchanova, A. E., Safarova, N. I., Usmanov, M. R., & Makhmudov, M. M. (2021). Some socio-economic aspects of gastronomic tourism study. Estudios de economía aplicada39(6), 12.
  6. Usmanov, M. (2020). Ўзбекистонни туристик районлаштиришнинг баъзи масалалари. Архив Научных Публикаций JSPI, 1-6.
  7. Усманов, М. (2020). Теоретика-методологические вопросы географии экологического туризма. Архив Научных Публикаций JSPI, 1-4.
  8. Холиқулов, Ш., & Мавлонова, С. (2020). Ўзбекистонда туристик имкониятлардан фойдаланишнинг географик жихатлари. Архив Научных Публикаций JSPI, 1-7.
  9. Rustamovich, U. M. (2021). GEOGRAF MUTAXASSISLARI TAYYORLASHDA TURIZM GEOGRAFIYASINI O’QITISHNING AHAMIYATI.Журнал естественных наук1(4).
  10. Komilova, N. Q., Usmanov, M. R., & Karimov, I. E. (2021). “ZOMIN” TURISTIK-REKREATSION ZONASINI RIVOJLANTIRISh ISTIQBOLLARI. Журнал естественных наук3(5), 311-315.
  11. Rustamovich, U. M. (2021). AYDAR-ARNASOY KO’LLAR TIZIMIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRIShNING GEOGRAFIK JIHATLARI. Журнал естественных наук3(5), 297-301.
  12. Usmanov, M. (2020). Ўзбекистонда халқаро туризмни ривожлантиришда “диний туризм”нинг аҳамияти. Архив Научных Публикаций JSPI.
[1] Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilimlar asoslari kafedrasi o‘qituvchisi g.f.f.d. (PhD).