Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/02/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetining bitiruvchi kurs iqtidorli talabalarning malakaviy amaliyotlarini Jizzax shahridagi Prezident maktabida o‘tash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Xalqaro ta’lim dasturlari asosida xalqaro darajadagi o‘qituvchilarni tayyorlash – pedagogika oliy ta’lim muassasalarining eng ustuvor vazifalaridan biridir.

Bugungi kunda ta’lim tizimida asosiy tendensiyalardan biri ta’lim jarayonini xalqarolashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish hamda jahon hamjamiyatiga ta’lim eksportini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Dunyoning rivojlangan davlatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyoti ta’lim tizimi taraqqiyoti hamda ta’lim eksporti bilan uzviy bog‘liq sanaladi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining ta’lim eksportidagi eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri xalqaro mehnat bozoriga sifatli pedagoglarni yetkazib berish hisoblanadi. Mazkur ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda Jizzax davlat pedagogika universitetining bitiruvchi kurs iqtidorli talabalarning malakaviy amaliyotlarini Jizzax shahridagi Prezident maktabida o‘tash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda 14 nafar talaba Prezident maktabida malakaviy amaliyotni o‘tamoqda hamda xorijdan jalb etilgan o‘qituvchilardan xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘rganmoqda.

Istiqbolda turgan eng muhim strategik vazifalardan biri universitet hamda Prezident maktabi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, universitetda Prezident maktablari dasturlari asosida o‘qita oladigan o‘qituvchilar tayyorlash hisoblanadi. Yuqoridagi vazifalarni hal qilish hamda amaliy faoliyatni samarali tashkil qilish maqsadida joriy yilning 11-fevrali kuni Universitet rahbariyati hamda Jizzax shahridagi Prezident maktabi jamoasi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda istiqbolli vazifalar muhokama qilindi hamda amalga oshirishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida universitet pedagoglarining Prezident maktabi tajribalarini o‘rganish maqsadida Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasining Prezident maktabida kafedra filialini tashkil qilish belgilandi.


Ulashish:
753
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU talabalari Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalaridan iborat delegatsiya 12–14-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.
JDPU профессор-ўқитувчилари Malayziyada malaka oshirish jarayonida
Jizzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchisi Malayziyaning Utara Universitetida malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.
“Stressga harakat bilan javob ber, fikringni ozod qil!”: Talabalar o‘rtasida ommaviy psixologik aksiya o‘tkazildi
Aprel va may oylarining “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilingani munosabati bilan Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetining “Volontyor psixolog” talabalar jamoasi tomonidan talaba-yoshlar uchun...