Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/06/2025
Chop etish
Jizzax Davlat Pedagogika Universitetida “Universitet sari odimlar” nomli 5 jildlik kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax Davlat Pedagogika Universitetida katta nufuz va qizg‘in qiziqish bilan kutilgan tarixiy monografiya — “Universitet sari odimlar” nomli 5 jildlik kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga ta’lim muassasasida bir necha yillar faoliyat yuritgan faxriy ustozlar hamda ayni kunlarda ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirayotgan professor-o‘qituvchilar taklif etildi..

Taqdimot marosimini universitet rektori Sh. Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, ushbu tarixiy asarning yaratilishi, mazmun-mohiyati va universitetning yarim asrlik faoliyatiga bag‘ishlanganligi haqida fikrlarini bildirdi. Rektor so‘zlariga ko‘ra, “Universitet sari odimlar” nafaqat Jizzax Davlat Pedagogika Universitetining rivojlanishiga qiziquvchi kitobxonlar uchun, balki butun oliy ta’lim tizimidagi professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar hamda keng jamoatchilik uchun muhim ilmiy-ma’rifiy manba hisoblanadi.

Marosim davomida kitobning har bir jildi yaratilganida hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Ular ta’lim-tarbiya, fan va ma’rifat yo‘lida xizmat qilgan ustozlarning ilmiy-pedagogik faoliyati haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, universitet tarixida alohida o‘rin tutishgan, jamiyatda keng e’tirof etilgan el ardoqli ziyolilarni yodga olishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirning tantanali qismidan so‘ng mehmonlar universitet tuzilmasi qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” hamda 50-yillik yubiley arafasida ochilgan “Universitet tarixi” muzeylariga tashrif buyurishdi. U yerda ular tarixiy fotosuratlar, qadimiy hujjatlar va qadriyatlar bilan bog‘liq qiziqarli eksponatlar bilan tanishdilar.

Tadbir so‘ngida, universitet kasaba uyushmasi tomonidan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan tashkil etilgan bir piyola choy ustida mehmonlar samimiy suhbat qurishdi. Ushbu damlar nafaqat ilmiy-tarixiy voqeani muhokama qilish, balki o‘zaro samimiylik va ma’naviy bog‘lanishlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Ulashish:
898
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.