Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/12/2023
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Professorlar bog‘i” tashkil etildi.

Universitetda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Professorlar bog‘i” tashkil etilib, ko‘chat ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika  universiteti rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan aksiyada oliygohda faoliyat olib borayotgan professorlar hamda fan doktorlari nihol ekin ishlarida  faol ishtirok etishdi.

– Mazkur tashabbus  davlat rahbari ilgari surgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida  o‘tkazilmoqda, – deydi professor Xudargan Mavlonov,  –bugun universitetda 50 ga yaqin professorlar faoliyat olib boradi. Erta tongdan har birimiz o‘zimiz uchun belgilangan hududga ko‘chat ekish ishlarini boshlab yubordik. Bu yerga qadalgan har bir ko‘chat noyob daraxt turlaridan hisoblandi.  Birgina qizil bargli olxo‘ri  ko‘chatini olaylik. Bu daraxt 6 metrgacha o‘sadi. Daraxtning qizil va binafsharangli barglari bahor faslidan to kuz fasliga qadar bir xil rangda yashnab turadi. O‘zgachaligi bilan ajralib turuvchi bu daraxt  “Professorlar bog‘i” ga go‘zallik baxsh etib turishga ishonaman.

-Shu davrga qadar juda ko‘p bog‘ tashkil etilgandan xabarim bor-u, “Professorlar bog‘i” haqida ilk marotaba eshityapman va bu jarayonning guvohi bo‘lib turibman,- deydi  professor Jumanazarov. Universitetimiz professorlari tomonidan ekilgan bu nihollar vaqti kelib tabiatimiz musaffoligiga xizmat qiladigan ajoyib bir bog‘ga aylanadi. Shu oliygohga yangi ishga kelgan vaqtlarimda  shahrimizdagi O‘rda bog‘iga juda ko‘p hamkasblarimiz bilan ko‘chat ekkan edik. Bugun “O‘rda bog‘i” da biz ekkan nihollar ulkan daraxtlarga aylangan. Ana shu ezgu niyatlarimizning davomi sifatida Bugun ko‘plab hamkasblarimiz bilan birga “Professor bog‘i”da daraxt ko‘chatlarini ekishda qatnashdik. Ishonamanki, bu bog‘ yillar o‘tib ko‘rkam qiyofaga kiradi va bu yer “O‘rda bog‘i”dek tarixiy maskanga aylanadi.

 

Kun davomida ish qizg‘in davom etdi. Universitetda tashkil etilayotgan “Professorlar bog‘i” ga bugun 100 ga yaqin ko‘chat ekildi.


Ulashish:
546
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Ingliz tili darslarida sun’iy intellektdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlari” mavzusidagi seminarimiz o‘qitishning kelajagiga ilhomli va amaliy safar bo‘ldi!
Seminar joriy yilning 18-avgustida bo‘lib o‘tdi. Seminar ishtirokchilarning ta’lim va o‘rganishda sun’iy intellektdan foydalanish borasidagi yondashuvini aniqlash borasidagi interaktiv mashqi bilan boshlandi. Bu esa bizning...
JDPUda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor aloqa kanallari.
Jizzax davlat pedagogika universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyat olib bormoqda.
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy imtihonlar o‘tkazildi.
12-avgust kuni 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi.