Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/12/2024
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdagi yangi binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Universitetining-axborot-resurs markazi qaytadan ta’mirlanib foydalanishga topshirildi. Bugun markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

-Axborot resurs markazining yangitdan ta’mirlanib ochilishi talabalar va kitobxonlar uchun ayni muddao bo‘ldi, – deydi universitet rektori Sh.Sharipov —Nasib bo‘lsa, axborot resurs markazi ko‘plab kitobxonlarni, ilmiy tadqiqotchilarni jalb qiladi va albatta qilingan mehnatlar natijasini olamiz.

Ochilish marosimida viloyat hokimligi mas’ullari, viloyat huquq tartibot idoralari vakillari, tashkilotlar rahbarlari , talaba yoshlar va faxriy ustozlar ishtirok etishdi.

Yangi axborot resurs markazi universitet uchun bayramga tuhfa bo‘ldi.

-Bu yil universitetimiz uchun omadli bo‘ldi, oliygohimiz 50-yillik tantanalarini nishonladi, – deydi universitet ARM rahbari R. Ishnazarova – Axborot resurs markazimizning eski binosi 250 o‘ringa mo‘ljallangan edi. Bugungi markazimiz umumiy hisobda 500 nafar kitobxon o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda yangi elektron o‘quv zallari kitobxonlar xizmatiga tayyor 3-qavatda qurib foydalanishga topshirilgan avtomatlashtirilgan o‘quv zali talabalar va mustaqil foydalanuvchilar xizmat qiladi. Ushbu yangi avtomatlashtirilgan o‘quv zali 30 ming adabiyotlar va 40 mingdan ziyod kitoblarning elektron versiyalari bilan ta’minlangan.

ARMda «Universitet tarixi» muzeyi ochildi.

Yangi va barcha sharoitlarga ega markazda axborot-kommunikatsiya vositalarining so‘nggi yutuqlari mujassamlashtirilgan. Unda mutolaa zallari, muhokama va kompyuter xonalari, media-studiyalar, zakovat va kibersport xonasi, ma’lumot almashish imkonini beruvchi video tarmoq, tezkor wi-fi tarmog‘i mavjud. Mazkur markaz 180 ming kitob fondiga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 nafarga yaqin kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi.

Axborot markazida «Universitet tarixi» muzeyining ochilishi 50-yillik tantanalarini nishonlayotgan ta’lim muassasasi va barcha tashrif buyuruvchilar uchun tuhfa desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Muzeyda universitet 50-yillik tarix mujassam. Tarixiy qo‘lyozmalar, universitet qurilishi bilan bog‘liq hujjatlar va boshqa eksponatlar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otishi shubhasiz.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazi rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha smeta hujjatlari  “GOLD PROJECT SERVICE” MChJ tomonidan  tayyorlangan. Loyihaning umumiy qiymati 7,28 mlrd ni tashkil qiladi.  Yangi ta’mirdan chiqqan ushbu Axborot resurs markazi  mamlakatimizda kutubxonachilikning so‘nggi yutuqlari asosida bunyod etilgan an’anaviy, virtual hamda elektron kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish orqali talabalar va professor-o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi ma’rifat markaziga aylanadi. Mazkur ta’mirlash ishlarini bajarish uchun universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 7285,0 mln so‘m miqdorida mablag‘lar ajratilgan


Ulashish:
431
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU «Volontyorlar klubi» — “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida G‘allaorolda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti huzuridagi “Volontyorlar klubi”ning faol yoshlari «Dolzarb 90 kun» tashabbusi asosida navbatdagi safarini amalga oshirishdi. Bu galgi manzil — G‘allaorol tumanidagi 19-maktab...
INFINYT3D PRIVATE LIMITED kompaniyasi vakili JDPUda mehmon bo‘ldi.
Jizzax davlat pedagogika universitetiga Hindistonning INFINYT3D PRIVATE LIMITED kompaniyasi vakili janob Ryan C. Vaz rasmiy tashrif buyurdi. Ushbu tashrif JDPU bilan imzolangan ikki tomonlama hamkorlik...
JDPU va Hindistonning National Heart Institute o‘rtasida strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.
2025-yil 7–9-iyul kunlari Jizzax Davlat pedagogika universitetiga (JDPU) Hindistonning National Heart Institute xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Dr. Anand Kumar Tripathi boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan...