Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/03/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Mentorlarning pedagogik mahorati” mavzusida mentorlar o‘rtasida tanlov tashkil etildi.

Tanlov dasturiga muvofiq, ishtirokchilar o‘zini tanishtirish, inklyuziv yondashuv asosida intervyu, savollarga javob berish hamda sevimli mashg‘ulotlarini namoyish etish kabi shartlar asosida bellashdilar.

Ushbu jarayon orqali mentorlarning bilim, tajriba va kasbiy salohiyati har tomonlama baholandi.

Tanlov Ravshan Jo‘rayevich boshchiligida yuqori saviyada tashkil etildi. Bellashuvning asosiy maqsadi — ilg‘or va mahoratli pedagoglar tajribasini ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.

Dastlabki bosqichda 35 nafar mentor ishtirok etib, saralash natijalariga ko‘ra 7 nafar eng munosib mentor keyingi bosqichga yo‘l oldi. Saralangan ishtirokchilar 4 ta shart asosida o‘zaro kuch sinashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng mahoratli mentor  Turg‘unov Ulug‘bek Bahodir o‘g‘li  1-o‘rinni egalladi. Shuningdek,Kenjayeva Sanobar Ibragimovna 2- o’rin, G‘aniyeva Xayriniso Baxtiyorovna 3-o‘rin sohiblari bo’lishdi.

E’tiborlisi, saralangan 7 nafar mentorni 2026-yil aprel oyida universitet hisobidan Malayziyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etishlari rejalashtirilgan.


Ulashish:
190
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro seminar va uchrashuv tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetiga Dilek Öztürk tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Mentorlarning pedagogik mahorati” mavzusida mentorlar o‘rtasida tanlov tashkil etildi.
Tanlov dasturiga muvofiq, ishtirokchilar o‘zini tanishtirish, inklyuziv yondashuv asosida intervyu, savollarga javob berish hamda sevimli mashg‘ulotlarini namoyish etish kabi shartlar asosida bellashdilar. Ushbu jarayon orqali...
JDPUda respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni universitet rektori Maksudjan Yuldashev ochib berdi.