Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/04/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlar orasida o‘zbek adabiyotining atoqli adiblari, o‘zbek mutafakkirlari ijodiy merosini o‘rganish, keng targ‘ib etish, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan «Ma’rifat maydoni» respublika ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichida 9 ta ta oliy o‘quv yurti jamoasi ishtirok etmoqda.

Tanlovning kunida 5 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” sharti bo‘yicha o‘z bilim va mahoratini namoyish etishdi.  Qizg‘in va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan tanlovning 1-kunida Toshkent davlat yuridik universitetining“Shum bolalar” hamda Buxoro tibbiyot institutining “ Avitsenna” jamoasi faol ishtirok etib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Mazkur tanlovning o‘tkazilishi talaba-yoshlarning nafaqat adabiyotga bo‘lgan qiziqishi, balki ularning ma’naviy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ularni adabiyot va san’atni, shu jumladan, taniqli adiblarning asarlarini chuqur o‘rganishga, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirishga xizmat qiladi.Ta’kidlash joiz, Mintaqaviy bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoa a’zolari o‘zi tahsil oladigan ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan planshet, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

Bugun tanlovning ikkinchi kuni, unda 4 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib borishadi. Jamoalar safida Jizzax davlat pedagogika universitetining “Ma’rifatparvarlar” jamoasi ham ishtirok etadi.


Ulashish:
873
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.